Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari Qoraqalpog‘iston, Xorazm va Andijonda korrupsiyaviy jinoyatlarda gumonlangan qator mansabdorlarni qo‘lga oldi. Bir holatda Asaka tumani Ekologiya bo‘limi bosh inspektori fuqarodan 20 ming dollar olayotganida ushlandi.
May oyida korrupsiyada ayblanib qo‘lga olingan Sirdaryo viloyatining Xovos tumani hokimi sobiq o‘rinbosari 7 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Shuningdek, Davlat xavfsizlik xizmati Dehqonobod tumani hokimi o‘rinbosari va ikki nafar hokim yordamchisi mahallalarda qo‘lga olingani haqida xabar berdi.
O‘zbekiston bo‘ylab salkam 6 ming nafar davlat xizmatchisi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ular orasida ovqat hazm qilish organlari (surunkali gastrit), yurak-qon tomir (arterial gipertoniya), asab tizimi (osteoxondroz), ko‘z va endokrin (qandli diabet va semizlik) kabi kasalliklar aniqlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting