Sentabr oyining muhim madaniy-ma'rifiy tadbirlaridan biri 19−21-sentabr kunlari Marg‘ilonda bo‘lib o‘tdi. An’anaviy “Atlas festivali"da davra suhbatlari, xalqaro anjuman, moda namoyishlari, ko‘rgazma va fototanlovlar o‘tkazildi. Unda 20 dan ziyod mamlakat vakillari qatnashdi.
Marg‘ilonda 110 gektar maydonda yangi turar joy massivi quriladi. Bu yerda 5 ming xonadonli uylar, institutlar, mehmonxonalar, savdo markazlari, park va boshqa obyektlar bo‘ladi. Prezidentning Marg‘ilon jamoatchiligi vakillari bilan uchrashuvida shular haqida so‘z bordi.
Marg‘ilon shahrida 2006-yilda tug‘ilgan yigit o‘zidan 6 yosh katta fuqaroga o‘tkir tig‘li jism bilan hujum qildi. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlandi. Jarohatlangan yigitning hayoti saqlab qolindi.
Marg‘ilon shahrida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib harakatlangan Tahoe o‘z yo‘nalishida kelayotgan Tico bilan to‘qnashdi. Hodisa oqibatida ikki kishi jarohatlandi.
Marg‘ilonda bir yigit qizni yaqinlashib kelayotgan mashinaga o‘tirishga majburlagani, qiz esa qochib ketgani aks etgan video tarqaldi. Farg‘ona viloyati IIB gumonlanuvchilarning shaxsi aniqlangani va ular shahar IIBga chaqirilganini bildirdi.
Marg‘ilonda 20 yoshli yigit janjal sabab onasini pichoqlab o‘ldirdi. Unga nisbatan 12 yil qamoq jazosi tayinlandi.
Marg‘ilonga Butunjahon hunarmandlar Kengashi qarori bilan «Jahon hunarmandlar shahri» maqomi beriladi. Bu shaharning World Crafts Council tarmog‘iga kirishini ta’minlaydi. Marg‘ilon ushbu ro‘yxatga O‘zbekistondan qo‘shilgan uchinchi shahar bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting