O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari ketma-ket uchinchi oy kamayishda davom etmoqda va umumiy 33,3 mlrd dollarni tashkil etmoqda.
Yanvardan oktyabrgacha aholi banklarga 3,7 mlrd dollar sotdi va 3,3 mlrd dollar sotib oldi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,7 baravar ko‘pdir.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov Markaziy bank rahbariyatida korrupsiyani oldini olishga xohish borligiga shubha bildirdi. Uning aytishicha, “komplayens nazorat” tizimi bo‘yicha o‘qitishga tijorat banklari Markaziy bank rahbariyati orqali “vaqt yo‘q” deya javob bergan.
Markaziy bank 2 noyabrdan tijorat banklari orqali 999,9 soflikdagi oltin quymalarni maxsus himoya qadoqlarida sotuvga chiqara boshladi. Ularni xorijga olib chiqish ham mumkin.
Markaziy bankning xabar berishicha, PayPal O‘zbekistondagi faoliyatiga cheklovni mustaqil ravishda o‘rnatgan va bu biror davlat organi yoki boshqa tashkilot bilan kelishilmagan. Yechim sifatida internet orqali onlayn to‘lovlarni amalga oshirishda Visa, Mastercard, Unionpay xalqaro to‘lov tizimlari, shuningdek, muqobil elektron hamyonlar — WebMoney, QIWI, Yandeks.Dengi xizmatlaridan foydalanish maslahat berildi.
Markaziy bank kelgusi uch yil davomida O‘zbekistonning makroiqtisodiy rivojlanishining asosiy, optimistik va xavfli ssenariylarini taqdim etdi. Optimistik ssenariy bo‘yicha rivojlanish oltin narxining pasayishiga olib kelishi mumkin.
O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari ikkinchi oy ketma-ket kamayib, hozirda 33,4 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Agar avgust oyida zaxiradagi pasayish oltinni sotish bilan bog‘liq bo‘lsa, hozirda bu asosan valyutaga bog‘liq.
2020 yil boshidan beri O‘zbekiston tashqi qarzining umumiy hajmi 12,7 foizga, ya’ni 3,1 mlrd dollarga oshgan va 1 iyul holatiga ko‘ra 27,6 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Xususiy sektor tomonidan jalb qilingan 2,1 mlrd dollarlik qarzning asosiy qismi, ya’ni 1,8 mlrd dollar banklar tomonidan olingan.
Markaziy bank boshqaruvining qaroriga asosan asosiy stavka 1 foizga pasaytirilib, 14 foiz etib belgilandi. Oxirgi marta MB asosiy stavkani aprel oyida 16 foizdan 15 foizgacha tushurgan edi.
Avgust oyiga qadar O‘zbekistonning yalpi oltin-valyuta zaxiralari hajmi yil boshidan beri 5,6 mlrd dollarga ko‘payib, 34,7 mlrd dollarga yetdi.
O‘zbekiston va Rossiya markaziy banklari kompyuter hujumlariga qarshi kurashish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.
O‘zbekiston bank tizimidagi muammoli kreditlar ulushi yil boshidan buyon 1,4 foizga o‘sib, 2,9 foizga (7 trln so‘m) yetdi. Aksariyat banklarda kredit portfelining sifati yomonlashgan.
O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi davrida kambag‘al uy xo‘jaliklari soni 8 foizdan 21 foizga ko‘paygan, o‘rtacha va yuqori daromadli o‘y xo‘jaliklari soni esa 13 foizga kamaygan.
Markaziy bank bazaviy stavkani yiliga 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi. Yil oxirida inflyatsiya prognozi 11−12,5% darajasida saqlab qolindi.
2020 yilning birinchi yarmida mamlakat ichki bozorida chet el valyutasiga bo‘lgan talab $8,2 mlrd, umumiy taklif hajmi esa $4,3 mlrdni tashkil etdi. Markaziy bank ichki valyuta bozoriga $2,2 mlrd intervensiya kiritdi. Shuningdek, yil boshidan milliy valyuta kursi 7,2 foizga qadrsizlandi.
2020 yil aprel-iyun oylarida O‘zbekiston bank tizimida naqd pullar aylanmasi koronavirus pandemiyasi ta’sirida shakllandi. Iyun oyidagi ko‘rsatkich (14,6 trln so‘m) karantin sharoitidan oldingi davrdagi holatiga deyarli yaqinlashdi. Shu bilan birga, bu ko‘rsatkich keyingi oylarda “ijobiy tomonga o‘zgarishini kutish mumkin”, deb baholanmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting