«maymunchechak» tegli maqolalar


JSST maymunchechakka qarshi birinchi vaksinani tasdiqladi
13 sentabr 2024, 20:55

JSST maymunchechakka qarshi birinchi vaksinani tasdiqladi

Daniyaning Bavarian Nordic A/S kompaniyasining MVA-BN vaksinasi dastlabki kvalifikatsiyadan o‘tdi va maymunchechakka qarshi birinchi dori bo‘ldi, deb xabar qildi JSST.

Rossiya O‘zbekistonga maymunchechakni aniqlash uchun test tizimlarini yuboradi
26 avgust 2024, 20:49

Rossiya O‘zbekistonga maymunchechakni aniqlash uchun test tizimlarini yuboradi

“Rospotrebnadzor” O‘zbekistonga maymunchechakni aniqlash uchun test tizimlarini yuboradi. Birinchi to‘plamlar shu haftada yetkazib beriladi.

O‘zbekiston aholisining aksariyat qismida maymunchechakka qarshi jamoaviy immunitet mavjud — Sanepidqo‘mita
22 avgust 2024, 10:09

O‘zbekiston aholisining aksariyat qismida maymunchechakka qarshi jamoaviy immunitet mavjud — Sanepidqo‘mita

O‘zbekiston aholisining 1980-yildan avval tug‘ilgan qismi chin chechak kasalligiga qarshi to‘liq emlangan. Sanepidqo‘mitaning ta’kidlashicha, chin chechakka qarshi emlashdan keyin hosil bo‘lgan immunitet maymunchechakka qarshi ham ishlaydi va kasallikning keng tarqalish xavfini pasaytiradi.

Aeroportlarda maymunchechak kirib kelishining oldini olish choralari ko‘rilmoqda — Uzbekistan Airports
20 avgust 2024, 20:51

Aeroportlarda maymunchechak kirib kelishining oldini olish choralari ko‘rilmoqda — Uzbekistan Airports

O‘zbekiston xalqaro aeroportlarida maymunchechak kirib kelishining oldini olish choralari kuchaytirildi: xodimlarga kasallik alomatlari tushuntirildi, harorati yuqori yo‘lovchilarni aniqlash uskunalari o‘rnatildi. Kasallik tarqalayotgan Afrika davlatlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘q, dedi Uzbekistan Airports.

Qozog‘iston maymunchechak sabab chegaradagi nazoratni kuchaytirdi
19 avgust 2024, 10:27

Qozog‘iston maymunchechak sabab chegaradagi nazoratni kuchaytirdi

Qozog‘iston SSV mamlakatga maymunchechak kirib kelishining oldini olish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilganini ma’lum qildi. Xususan, aeroportlar va chegara o‘tish joylarida nazorat choralari kuchaytirildi. Vazirlik endemik mamlakatlarga boruvchi fuqarolarga tavsiyalar berdi.

O‘zbekistonga maymunchechakning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda — SES
18 avgust 2024, 09:33

O‘zbekistonga maymunchechakning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda — SES

SES boshqarmasi boshlig‘i Rustamjon Ikromov O‘zbekistonga maymunchechakning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rilayotganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, virusologiya mutaxassislari qayta tayyorgarlikdan o‘tkazilgan, joylarga test sistemalari tarqatilmoqda.

JSST maymunchechak epidemiyasini favqulodda holat deb e’lon qildi
16 avgust 2024, 04:01

JSST maymunchechak epidemiyasini favqulodda holat deb e’lon qildi

JSST ikki yil ichida ikkinchi bor maymunchechak epidemiyasini sog‘liqni saqlash bo‘yicha favqulodda holat deb e’lon qildi. Qaror Kongo Demokratik Respublikasida infeksiya avj olgani va kasallik qo‘shni davlatlarga ham tarqalgani fonida qabul qilindi.

JSST maymunchechak tarqalishini xalqaro favqulodda holat deb e’lon qildi
24 iyul 2022, 12:46

JSST maymunchechak tarqalishini xalqaro favqulodda holat deb e’lon qildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari maymunchechakni global favqulodda holat deb e’lon qildi. Dunyoda allaqachon 16 mingdan ortiq kasallikka chalinish holatlari aniqlangan va Yevropaga chechak tarqalishi katta tahdid solmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting