Toshkent viloyati Qibray tumanida uyidagi 8 to‘plam mayning qurilmasini umumfoydalanishdagi elektr tarmog‘iga noqonuniy ulab, 1,2 mlrd so‘m zarar yetkazgan fuqaro qo‘lga olindi. Shu kabi holat Yuqori Chirchiq tumanida ham aniqlandi.
Yangihayot tumanida fuqaro qonunga xilof ravishda mayning faoliyatini amalga oshirgani aniqlandi. U 751,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi.
O‘zbekistonda kriptobirja va kriptodo‘konlar uchun yig‘imlar mos ravishda 1,8 va 9 baravarga oshirildi. ILMA xabarida aytilishicha, ularning faoliyati yetarli darajada rentabel va o‘zgarishlar ularning moliyaviy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.
Toshkent viloyatida mayning qurilmalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga ulab, jami 2,2 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan shaxslar aniqlandi.
Bosh prokuratura Nurobod tumanidagi korxona elektrga noqonuniy ulanib, kripto-aktiv va mayning faoliyati bilan shug‘ullanganini aniqladi. MCHJ 2,5 mlrd so‘mlik elektrdan o‘g‘rincha foydalangan.
O‘zbekistonda 2023-yilning o‘tgan davrida 58,2 mlrd so‘mlik elektrni o‘g‘irlash orqali mayning faoliyati bilan shug‘ullanish bo‘yicha 26 ta holat aniqlandi. Buning uchun 29 kishi o‘g‘rilikda ayblanib, protsessual tartibda ushlangan.
Yangi tartibga ko‘ra, mayning faqat yuridik shaxs tomonidan quyosh fotoelektr stansiyalari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan foydalangan holda amalga oshirishga ruxsat beriladi.
Qonunchilik palatasi O‘zbekiston kodekslariga IMEI-kodlarini qonunga xilof ravishda o‘zgartirish yoki nusxalash, shuningdek kriptoaktivlar aylanmasi va noqonuniy mayning sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni belgilovchi o‘zgartishlarni qabul qildi.
Bosh prokuratura huzuridagi departament tomonidan Samarqand viloyatining Qo‘shrobod tumanida 1,1 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan mayning fermasi aniqlandi.
O‘zbekistonda kripto-aktivlar aylanmasi sohasida yig‘imlar miqdori belgilandi. Mayning faoliyati uchun — BHMning 10 baravari (3 mln so‘m), kripto-birja faoliyati uchun — BHMning 400 baravari (120 mln so‘m) har oyda to‘lov qilish kerak bo‘ladi.
Navoiy viloyatida qiymati 3 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan 30 dona AntMiner T19 mayning qurilmasini o‘g‘rilagan ikki shaxs qo‘lga olindi. Hozirgacha 13 ta qurilma topilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting