«mazut» tegli maqolalar


Ai-80 benzini sotuvi 2025-yil oxirigacha cheklanishi mumkin
9 yanvar 2025, 09:56

Ai-80 benzini sotuvi 2025-yil oxirigacha cheklanishi mumkin

Prezident farmoni loyihasi bilan 2025-yil yakunigacha O‘zbekistonda “Yevro-4”dan past ekologik toifadagi yoqilg‘ini sotish va ishlatishni cheklash taklif etilmoqda. Avvalroq Ai-80 benzindan voz kechish maqsadi 2028-yilga qoldirilgandi. Shuningdek, IESlarda mazutdan foydalanishni taqiqlash rejalashtirilmoqda.

Toshkent va uning atrofida 2030-yildan boshlab yoqilg‘i sifatida mazutdan foydalanish taqiqlanadi
25 sentabr 2024, 17:18

Toshkent va uning atrofida 2030-yildan boshlab yoqilg‘i sifatida mazutdan foydalanish taqiqlanadi

O‘zbekistonda chang bo‘ronlariga qarshi kurashish bo‘yicha milliy dastur tasdiqlandi. Shuningdek, 2030-yildan Toshkent shahar va unga tutash Toshkent viloyatining hududlarida joylashgan isitish va elektr energiya ishlab chiqarish korxonalariga yoqilg‘i sifatida mazutdan foydalanish taqiqlanadi.

O‘zbekiston mazut importini 2 baravar, iyun-iyulda esa 20−22 baravar oshirdi
16 avgust 2024, 20:13

O‘zbekiston mazut importini 2 baravar, iyun-iyulda esa 20−22 baravar oshirdi

Yil boshidan buyon O‘zbekiston 843,6 ming tonna mazut import qildi, bu o‘tgan yilning yanvar-iyul oylaridagi hajmdan ikki baravar ko‘p. Iyunda import 22 baravar (2023-yil iyuniga nisbatan), iyulda esa 19,6 baravar oshdi.

Ko‘mir importi uchun uch yil muddatga revolver kreditlar berish rejalashtirilmoqda
10 iyun 2024, 21:29

Ko‘mir importi uchun uch yil muddatga revolver kreditlar berish rejalashtirilmoqda

Prezident elektr energiyasi ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Unga ko‘ra, mazut va ko‘mir 2 yilga bojdan ozod qilinadi, ko‘mir importi uchun 3 yilga revolver kreditlar beriladi. 1-oktabrgacha 600 ming tonna ko‘mir va 350 ming tonna mazut zaxirasini yaratish vazifasi qo‘yildi.

Cheklovlar kiritilishiga sabab bo‘lgan Buxorodagi 2 ta elektr uzatish tarmog‘ida yuz bergan nosozlik bartaraf etildi
22 fevral 2024, 12:36

Cheklovlar kiritilishiga sabab bo‘lgan Buxorodagi 2 ta elektr uzatish tarmog‘ida yuz bergan nosozlik bartaraf etildi

Energetika vazirligi Buxoro viloyatida kuchli shamol oqibatida yuqori kuchlanishdagi 2 ta elektr uzatish tarmog‘ida yuz bergan nosozlik to‘liq bartaraf etilganini ma’lum qildi. Shuningdek, vazirlik 21-fevral kuni 12 ming tonna mazut yoqilganini qayd etdi.

Poytaxt havosi ifloslanishida mazutning zarracha “aybi” yo‘q — Energetika vazirligi
13 fevral 2024, 21:35

Poytaxt havosi ifloslanishida mazutning zarracha “aybi” yo‘q — Energetika vazirligi

Energetika vazirligi issiqlik stansiyalari va issiqlik markazlari mazutdan foydalanishining Toshkentdagi havo ifloslanishi bilan bog‘liqligini rad etdi. Vazirlik Toshkent IESda (ToshGRES) belgilangan texnik ko‘rsatkichlarga mos keladigan filtrlar o‘rnatilganini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting