Norasmiy sammitda MDH davlatlari rahbarlari yangi yo‘nalishlar — muhandislik maktablari tashkil etish, internet texnologiyalari, katta ma’lumotlar, kreativ iqtisodiyot, yashil energetika, tinch atom, shuningdek, umumiy tahdid va xatarlarga qarshi kurashdagi hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qildi.
Shavkat Mirziyoyev 25−26-dekabr kunlari MDH va YOII sammitlarida ishtirok etish uchun Sankt-Peterburg shahrida bo‘ladi. Yig‘ilishlarda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinadi va kelgusi yilgi ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan fikr almashiladi.
Abdulla Aripov MDH davlatlarini erkin savdo zonasini yanada samaraliroq qilishga, ayrim xomashyo va oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan tarif va notarif choralarini bekor qilishga chaqirdi. G‘alabaning 80 yilligini nishonlash haqida gapirar ekan, u urush davri fojialarini takrorlamaslik muhimligini ta’kidladi.
MDHning O‘zbekistondagi deputatlik saylovini kuzatish missiyasi rahbari Sergey Lebedev saylovlar ochiq, raqobat va adolatli o‘tganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, saylovchilar siyosiy yetuklik ko‘rsatib, nomzodlarning va’dalarini bajara olish-olmasligini to‘g‘ri baholay boshlagan.
Moskvada bo‘lib o‘tgan MDH davlat rahbarlari yig‘ilishida maxsus xizmatlarning tizimli hamkorligini yo‘lga qo‘yish, kiberxavfsizlikni ta’minlash choralarini ko‘rish lozimligi ta’kidlandi. O‘zbekiston prezidenti Samarqandda sun’iy intellektni rivojlantirish masalalariga oid konferensiya o‘tkazishni taklif qildi.
O‘zbekiston prezidenti 7−8-oktabr kunlari amaliy tashrif bilan Moskvaga boradi. 8-oktabr kuni u yerda MDH davlatlari rahbarlari kengashi majlisi bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekistonda ilk bor “Sharq-Aksilterror” qo‘shma antiterror mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Ishtirokchilar garovga olinganlarni ozod qilish va muhim infratuzilma obyektlarida shartli terrorchilarni zararsizlantirish ssenariylarini ishlab chiqdi, bunda aviatsiya va uchuvchisiz apparatlardan foydalanildi.
Toshkentda SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining 10-xalqaro konferensiyasi hamda MDHning terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha 2-konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Tadbirlar doirasida MDH davlatlarining “Sharq-Aksilterror-2024” qo‘shma mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.
Shavkat Mirziyoyev 25-dekabr kuni amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahriga jo‘nab ketdi. Davlat rahbari MDH mamlakatlari rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etadi.
Kelasi yil oxirigacha Moldova MDHdan chiqish jarayonini yakunlashni rejalashtirmoqda. Mamlakat allaqachon tashkilot doirasidagi o‘nlab kelishuvlarni denonsatsiya qilgan. Kishinyov Yevropa Ittifoqiga kirishga hozirlik ko‘rmoqda.
Bosh vazir Abdulla Aripov MDH davlatlari hukumat rahbarlari kengashi majlisida hamdo‘stlik mamlakatlari energetika tizimlarining yaxlit ishlashi uchun shart-sharoit yaratish, shuningdek, MDHning yagona elektron tijorat platformasini yaratishni taklif etdi.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 25−26-oktabr kunlari Bishkekda bo‘lib o‘tadigan SHHT, MDH va YeOII hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishlarida ishtirok etadi.
MDH davlatlari rahbarlari sammitida Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni MDH Faxriy nishoni bilan taqdirladi. Sadir Japarov Shavkat Mirziyoyevning do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan hissasini e’tirof etdi.
Juma kuni O‘zbekiston prezidenti MDH sammitida ishtirok etish uchun Qirg‘izistonning Bishkek shahriga yetib bordi. Sammit doirasida Shavkat Mirziyoyev Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko bilan muzokara o‘tkazdi. Ular savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirishni muhokama qildi.
Qirg‘izistonda MDH davlatlarida qidiruvda bo‘lgan shaxslarni tanib olish tizimi ishga tushirildi. Iyun oyi boshidan buyon mamlakatda O‘zbekiston va Rossiyaning to‘rt nafar fuqarosi hibsga olingan.
MDH bosh kotibi, Hamdo‘stlik kuzatuvchilari missiyasi rahbari Sergey Lebedev O‘zbekistonda referendum “yuqori tashkiliy darajada, erkin va ochiq muhitda” o‘tganini aytdi. U xorijiy OAVdagi mamlakatdagi zaif axborot kampaniyasi haqidagi xabarlarni “butunlay yolg‘on” deb atadi.
2024-yilda Samarqandga MDHning madaniy poytaxti, Toshkentga esa yoshlar poytaxti maqomi beriladi. Qolaversa, Hamdo‘stlik davlatlari o‘rtasida imkoniyati cheklangan bolalar spartakiadasi o‘tkaziladi.
O‘zbekiston prezidenti 26−27 dekabr kunlari MDHga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahrida bo‘ladi.
Samarqandda MDH Parlamentlararo assambleyasi Kengashining yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. U birinchi marta Rossiyadan tashqarida o‘tkazilmoqda. Majlisda parlament a’zolari saylov, referendum va ularni kuzatish to‘g‘risidagi namunaviy qonunlarni ko‘rib chiqdi.
O‘zbekiston MDH doirasida erkin savdodagi cheklovlarni to‘liq bekor qilishga tayyor, deya ma’lum qildi Shavkat Mirziyoyev Ostonadagi sammitda. Uning ta’kidlashicha, dunyodagi yangi xatarlar sharoitida hamkorlikda yangi — «Termiz-Peshovar» va «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» logistika yo‘laklarini rivojlantirish muhim.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting