AQSh, YeI va boshqa davlatlar Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi. IT-kompaniyalar, banklar, jismoniy shaxslar ham cheklovlar ostida qoldi. Jumladan, MegaFonga nisbatan eksport cheklovlari joriy etildi. U sanksiyalardan uch kun oldin O‘zbekistondagi qo‘shma korxona ta’sischilari safidan chiqqan edi.
Alisher Usmonovning USM xoldingi bosh direktori Ivan Streshinskiy «Kommersant» nashriga bergan intervyusida «MegaFon»ning O‘zbekiston bozoriga kirish sabablari haqida so‘zlab berdi. «U o‘sha yerda tug‘ildi va yordam berishni xohlaydi», — dedi u.
USM Telecom, MegaFon va O‘zbekiston hukumati Digital Holding qo‘shma korxonasini tuzishdi. Unga USM — CRPT Turon va ICS Holding Uzbekistan holdingi aktivlari kirdi. Rossiya tomoni korxonani rivojlantirish uchun 100 mln dollar ajratadi. Unga Ucell`ning sobiq bosh direktori Vladimir Kravchenko rahbarlik qiladi.
«USM Telecom» va MegaFon O‘zbekiston hukumati bilan birgalikda Ucell va USM xoldingi o‘zbek aktivlari — CRPT Turon hamda ICS Holding Uzbekistan tarkibiga kiradigan Digital Holding qo‘shma korxonasini tashkil etmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting