Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov O‘zbekistonda «Mehr-3» aksiyasiga salbiy munosabatlar hayratlanadigan darajada ko‘pligiga e’tibor qaratib, jamiyatda boshqalarga achinishni bilmaydigan, vaziyatni to‘g‘ri qabul qilishni inkor etadigan qatlam keng bo‘lsa, buning ijtimoiy va siyosiy oqibatlari yaxshi bo‘lmasligini ta’kidladi.
«Mehr-3» operatsiyasi doirasida Suriyadan 98 nafar o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi. Ulardan 25 nafari ayollar va 73 nafari bolalar.
O‘zbekiston hukumati Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hududida qiyin vaziyatda qolgan ayollar va bolalarni vatanga qaytarish bo‘yicha navbatdagi gumanitar aksiyani o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting