2024-yilda 483 nafar o‘zbekistonlik migrantning jasadi Vatanga qaytarildi. Shundan 474 nafari Rossiyadan, 5 nafari Turkiyadan, qolgani Janubiy Koreya va Qozog‘istondan olib kelingan. Migratsiya agentligidan ma’lum qilishlaricha, jasadlarni olib kelish xarajatlari davlat budjeti hisobidan qoplangan.
Rossiyaning Irkutsk va Omsk viloyati gubernatorlari ayrim sohalarda mehnat migrantlarini patent bilan ishga jalb qilishni taqiqlovchi farmon chiqardi. Bunga o‘rmon xo‘jaligi, dori vositalari ishlab chiqarish, taksi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, savdo va boshqa sohalar kiradi. O‘zgarishlar 2025-yildan kuchga kiradi.
Chuvashiya Respublikasida hujjatlarini oldirib qo‘yib, oylik maoshsiz ishlagan o‘zbekistonliklarning 12 nafariga vatanga qaytish sertifikati rasmiylashtirildi. Ular O‘zbekistonda yangi pasport oladi.
Rossiyaga ishlash uchun borgan o‘zbekistonlik migrant hujjatlarni tekshirish vaqtida vafot etgani aytilgandi. O‘zbekiston Migratsiya agentligi uning shifoxonada vafot etgani, o‘lim hujjat tekshirish jarayoni bilan bog‘liq emasligini bildirdi. Uning jasadi mamlakatga qaytarilgan.
Qozog‘istonda bir guruh o‘zbekistonliklar pasportlari olib qo‘yilib, majburiy ushlab turilgani haqida murojaat bilan chiqdi. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari fuqarolarning pasportlarini qaytarish va oylik maoshlari undirishga erishdi. Ularni vatanga olib kelish choralari ko‘rilmoqda.
Moskvadagi yong‘inda sakkiz kishi vafot etdi, ulardan ikki nafari O‘zbekiston fuqarolaridir. FVVning xabar berishicha, derazalardagi panjaralar va yong‘in sodir bo‘lgan vaqtda ishlamay qolgan signalizatsiya odamlarni qutqarib qolishga to‘sqinlik qilgan.
«Istiqlol Avlodi» NNT va AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi ko‘magida 2021 yilning oktabr oyidan beri odam savdosi qurbonlarining 35 nafari Rossiya, Qozog‘iston va boshqa davlatlardan O‘zbekistonga qaytarib olib kelindi.
2021 yilda 735,4 mingdan ziyod xorijlik Rossiya fuqaroligini qo‘lga kiritdi. Ushbu ko‘rsatkich kamida 2000 yildan buyon rekord natija hisoblanadi. O‘tgan yili Rossiya pasportini olgan o‘zbekistonliklar soni esa 2020 yilga nisbatan 8,8 ming kishiga ko‘payib, 31,9 ming nafarni tashkil etdi.
Alisher Qodirov migrantlardan soliq undirish borasidagi taklifi yuzasidan izohlarga munosabat bildirdi. U mamlakat haligacha mehnat resurslarini xorijga eksport qilishga majbur ekanligini ta’kidlab, mehnat migrantlarini bunga tayyorlash kerakligini aytdi. «O‘zbekiston fuqarosi nafaqat o‘zining qorni, balki O‘zbekiston, deb yashashi kerak», — deya ta’kidladi prezidentlikka nomzod.
Rossiyada ishlash huquqini beruvchi patentni olishda talab etiladigan tibbiy ko‘rik Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan O‘zbekistonda o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan Rossiyaning 40 nafar tibbiyot xodimi Toshkentga keldi.
O‘zbekistonlik mehnat migrantlariga yordam berishga mo‘ljallangan Telegram-bot ishga tushirildi. Unda chet elda ishlash va yashash qoidalari, ularning huquq va majburiyatlari, shuningdek, chet elda ishlayotganlarni qo‘llab-quvvatlash turlari to‘g‘risida bilib olish mumkin. Bundan tashqari, botga odam savdosi to‘g‘risida ma’lumot yuborilishi mumkin.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada va’da qilingan maoshini ololmayotgan migrantlar murojaati yuzasidan o‘rganish o‘tkazdi. Natijada, fuqarolarning yashash va mehnat sharoitlarini yaxshilash, oylik maoshlarini o‘z vaqtida berish hamda hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlarini tezlashtirish bo‘yicha kelishuv dalolatnomasi rasmiylashtirildi. Shuningdek, videomurojaatda aytilgan bir kunlik maosh, aslida, bir soatlik ekani ma’lum bo‘ldi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Andijon filiali Rossiyaga ishga jo‘natgan 41 nafar o‘zbekistonliklar va’da qilingan maosh to‘lanmayotganligi va yetarli sharoitlar yaratilmaganligi ustidan shikoyat qilmoqda. Oliy Majlis Senati ushbu holatni o‘z nazoratiga oldi.
Rossiyaning Leningrad viloyati Vsevolojsk tumanidagi qurilish obyektida ishlayotgan 22 yoshli o‘zbekistonlik balandlikdan yiqilib tushib, shifoxonada vafot etdi. Hozirda holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
2020 yilning dastlabki ikki oyida O‘zbekistondan 4000ga yaqin fuqaro ishlash uchun xorijga jo‘nab ketdi. Fuqarolar hozirda belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda turli ob’ektlarda ish boshlaydi.
Samara va Rostov viloyatlaridagi chodirlar lagerlarida yashagan barcha O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi, deya xabar berdi TIV. Vazirlik vatanga mashinalarda qaytish uchun yo‘lovchi to‘playotgan xususiy tashuvchilarga ishonmaslikka chaqirdi.
Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimining 6 ta asosiy yo‘nalishi belgilandi. Xususan, xorijdagi vatandoshlar tashkilotlari va o‘zbek diasporalari bilan aloqalarni mustahkamlanadi, mehnat migrantlari moliyaviy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanadi, ularning hayoti va sog‘lig‘ini sug‘urtalash amaliyoti kengaytiriladi.
1 yanvardan boshlab tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yo‘li bilan xorijga chiqib ketayotgan shaxslarni, ishga yuborishdan oldin majburiy tartibda kasb-hunarga o‘qitish tizimi joriy qilinmoqda.
O‘zbekiston yaqin kunlarda Rossiya-Qozog‘iston chegarasida yig‘ilib qolgan qariyb 2000 o‘zbekistonlik ikkita poyezd bilan qaytarilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting