AQSh Osiyo davlatlari, jumladan, O‘zbekistondan kelgan 119 migrantni Panamaga deportatsiyaladi. Chegarani noqonuniy kesib o‘tgach hibsga olingan ushbu muhojirlar vatanlariga yuboriladi. AQSh elchixonasi xodimining “Gazeta.uz”ga bildirishicha, Tramp hokimiyatga kelgach, davlatlar bu sa’y-harakatlarni kuchaytirgan.
Ukraina Adliya vazirligi 2022-yil fevral oyida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganidan beri Markaziy Osiyo davlatlarining 30 ga yaqin fuqarosi Ukraina tomonidan asirga olingani haqida xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev xorijga ishlashga ketganlar O‘zbekistonda rasmiy daromadi yo‘qligi tufayli ipoteka krediti va subsidiya ololmayotganini ta’kidlab, mamlakatga olti oy ichida muntazam pul jo‘natayotgan fuqarolar daromadini hisobga oladigan tizim yaratishga topshiriq berdi.
Rossiyada bo‘lgan noqonuniy migrantlar o‘z maqomini tartibga solishi yoki 2025-yil 30-aprelgacha mamlakatdan chiqib ketishi shart, bu haqda Putin farmon imzoladi. Harbiy xizmatni o‘tash uchun Mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzgan muhojirlar deportatsiya qilinmaydi.
AQSh hukumati joriy yilning 9 oyida 572 nafar O‘zbekiston fuqarosini vataniga deportatsiya qildi. Bu 2023-yilning shu davridagidan 6,5 barobar ko‘p.
Rossiya Davlat dumasi migrantlarning rus tilini bilmaydigan farzandlarini maktabga qabul qilishni taqiqlovchi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi. Hujjat uzil-kesil tasdiqlansa, chet elliklarning farzandlari o‘qishga qabul qilinishi uchun test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tishlari kerak bo‘ladi.
Dunyoning eng rivojlangan mamlakatlariga qonuniy migratsiya 2023-yilda rekord darajaga yetdi. Migrantlar oqimi ularga inflyatsiya inqirozidan chiqishga yordam bermoqda, ammo saylovchilarning noroziligini ham keltirib chiqarmoqda, bu esa saylov natijalariga ta’sir qilmoqda, deb yozdi Financial Times.
2025-yildan Moskvada xorijiy fuqarolarga tajriba tariqasida elektron guvohnomalar berila boshlaydi. Unda fuqaro haqidagi barcha dolzarb ma’lumotlar aks etgan bo‘ladi. Bu, jumladan, jinoyatlarni ochishning yangi bosqichiga chiqishga imkon beradi, deydi poytaxt meri.
2025-yildan Moskvada eksperiment doirasida migrantlarga ular haqidagi “barcha ma’lumotlar” mavjud bo‘lgan elektron guvohnomalar berish boshlanadi. Shuningdek, Moskva aeroportlarida barcha xorijliklar uchun biometrik nazorat joriy etiladi.
Toshkent viloyatida 1000 ta yangi avtobus xarid qilinishi rejalashtirilgan. Yo‘nalishlar viloyatning barcha shahar va tumanlarini ma’muriy markaz — Nurafshon bilan bog‘laydi. Shuningdek, mehnat migrantlari bilan muloqot qilish, xorijdagi ayollarni qo‘llab-quvvatlash, xohlaganlarini uyiga qaytarish topshirig‘i berildi.
Prezident Toshkent viloyatiga tashrifi chog‘ida xorijda ishlayotgan o‘zbekistonliklar haqida gapirdi. “Agar ular 1500−2000 dollar olsa, bu nur ustiga a’lo nur, biz ularga ko‘makchi bo‘lamiz. Lekin undan kam oylik olsa, o‘zimizda sharoit yaratib ishlatsak, o‘ylaymanki, adolatli tizim bo‘ladi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Rossiyaning Odinsovo shahrida o‘tkazilgan reydlarda 15 nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olindi. Tegishli ruxsatnomalarsiz noqonuniy mehnat olib borgan ushbu fuqarolar mamlakatdan deportatsiya qilinishi kutilmoqda.
Boy davlatlar muhojirlar soni ortib borayotganiga qarshi “qo‘zg‘olon ko‘tarib”, migratsiya siyosatini kuchaytirmoqda. Bu esa o‘z natijalarini bermoqda — migratsiya bumi nihoyasiga yetayotgandek, ammo bunday choralar iqtisodiyotga katta zarar yetkazishi mumkin, deb yozdi The Economist.
AQSh prezidenti Jo Bayden Meksikadan chegarani noqonuniy kesib o‘tgan muhojirlarga boshpana berishni vaqtincha taqiqladi. Bu choralar ularni deportatsiya qilishni osonlashtiradi, dedi Oq uy. Taqiq AQSh janubiy chegarasidagi tirbandlik yuzaga kelgan davrda ham amal qiladi.
O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari mehnat migratsiyasi masalasini muhokama qildi. “Vladimir Vladimirovich ushbu nozik masala bo‘yicha takliflarimni qo‘llab-quvvatlaganidan juda mamnunman. O‘ylaymanki, biz hali bu masalada har ikki tomondan zaruriy tartibni yo‘lga qo‘yamiz”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
2024-yilning yanvar-mart oylarida 58 ming nafar, aprelda 57 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi mehnat migratsiyasidan qaytib keldi. Yil oxirigacha yana 250−300 ming nafar o‘zbekistonlik mamlakatga qaytishi prognoz qilinmoqda. Prezident qaytgan fuqarolarni ishga joylashtirish yuzasidan topshiriq berdi.
Slovakiyaning Volkswagen va Volvo kompaniyalari haydovchilik, avtomobil ishlab chiqarish, kabel agregatlarini yig‘ish, montaj, avtomobillarni sinovdan o‘tkazish kabi yo‘nalishlarda O‘zbekistondan ishchilarni taklif etmoqda. Ish haqi 1200−1700 yevrodan boshlanadi.
Istanbulda vaqtincha yashab, ishlayotgan samarqandlik 53 yoshli erkak ish joyida zinadan yiqilib tushish oqibatida hushini yo‘qotib, voqea joyida vafot etdi. Uning jasadi morgda saqlanmoqda, bosh konsulxona marhumning qarindoshlaridan murojaat qilishni so‘radi.
Moskvadagi qurilish maydonida sodir bo‘lgan ommaviy mushtlashuvda o‘zbekistonlik 10 nafar, tojikistonlik 13 nafar migrant qo‘lga olindi. Janjal qurilish materiallarining noto‘g‘ri taqsimoti sababli kelib chiqqan. Hech kim og‘ir jarohat olmagan, ularga nisbatan ma’muriy jarima tayinlangan.
Rossiya IIV xorijliklarning mamlakatda vaqtincha bo‘lish muddatini yil davomida 90 kungacha qisqartirishni, shuningdek, kirishda majburiy barmoq izlari va barcha migratsiya hujjatlari o‘rnini bosuvchi yagona shaxsiy guvohnoma joriy etishni taklif qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting