Ichki kiyimlar do‘konini tanqid qilgan chirchiqlik bloger jarimaga tortildi. Bu ishni «o‘zining diniy qarashlaridan kelib chiqib» qilganini aytgan fuqaroga tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlari tushuntirildi. Poytaxt IIBB jamiyatda o‘zini tutish qoidalari va qonunchilikka itoatkor bo‘lishga chaqirdi.
Toshkentdagi Milavitsa ichki kiyimlar do‘koni modellar suratini vitrinaga qaytarib, ularning bir qismini almashtirdi. Suratlar internetdagi tanqid va tuman hokimligi bilan o‘tkazilgan «tushuntirish suhbati»dan so‘ng olib tashlangandi. Hokimlik esa do‘konni suratlarni olib tashlashga majburlamaganini bildirdi.
Internetda Toshkentdagi Milavitsa ichki kiyimlar do‘koni tashqi vitrinasiga joylashtirilgan modellar suratini tanqid qilingan video tarqaldi. Keyinchalik suratlar olib tashlandi. Do‘kon rahbari bu tuman hokimligining iltimosiga binoan amalga oshirilganini aytdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting