Hafta yakunida Shavkat Mirziyoyev XXR raisi Si Szinpinning taklifiga binoan Pekin shahridagi qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Xitoyga boradi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev yakshanba kuni o‘tkazilgan majlisda mahallalarda hayot qaynashi kerak, deya ta’kidladi. Har bir mahallada, sport maydonchalari, do‘kon, kutubxona va ovqatlanish joyidan tashqari, hammom ham barpo etish kerak, dedi prezident. Bolalar hammomga sport mashg‘ulotlaridan keyin borishlari mumkin, erkak va ayollar uchun bu joy haftaning har xil kunlarida xizmat ko‘rsatadi.
Prezident tuman, viloyat va respublika darajasida Maktab ta’limini isloh qilish kengashlari tuzilishini ma’lum qildi. «Respublika kengashiga shaxsan o‘zim rahbarlik qilaman. Tuman va viloyat kengashlariga esa hokimlar bosh bo‘ladi», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Qolaversa, bugundan «hokimlarning maktabga e’tibor qilish besh yilligi» boshlangani e’lon qilindi.
Prezident juma kungi videoselektorda maktab ta’limi tizimidagi kamchilik va muammolarni tanqid qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 1,5 mingdan ortiq maktab mukammal ta’mirga muhtoj, hanuzgacha paxsadan qurilgan 179 ta maktab mavjud. «Maktab ta’limida poydevorni bugundan mustahkam qo‘yishimiz kerak. Chunki biz ko‘p vaqt yo‘qotganmiz», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Samarqand viloyatida kelgusi 5 yilda kamida 8 mlrd AQSh dollarlik 5,5 mingdan ortiq investitsion loyihalar amalga oshirilishi va buning natijasida 250 mingdan oshiq doimiy ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan. Viloyat hokimi 8 ming kmlik yo‘llarga asfalt yotqizilib, viloyatda loy yo‘llar umuman qolmasligini ta’kidladi.
Prezident pandemiya sharoitida Qashqadaryodagi vaziyatni o‘rganish maqsadida viloyatga jo‘nab ketdi.
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlar, mintaqaviy hamkorlik va qirg‘iz xalqiga iqtisodiy yordam ko‘rsatish masalalarini muhokama qilishdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting