O‘zbekiston ichki bozorda yiliga 300 ming tonnagacha misni qayta ishlashni rejalashtirmoqda. Xususan, Ohangaron mis klasterida OKMK misi asosida yarimo‘tkazgichlar va mikroelektron qismlar ishlab chiqarilishi kutilmoqda.
Xitoyning China Mining Energy Group kompaniyasi Namangan viloyati Chust tumanida mis rudalarini qazib olish va qayta ishlashni rejalashtirmoqda. Loyiha qiymati 200 million dollarga baholanmoqda.
Prezident Navoiy va Olmaliq KMK, “O‘zmetkombinat” va “Navoiyuran”ni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. NKMK oltin zaxiralarini 1000 tonnaga oshirishni, OKMK mis ishlab chiqarishni 170 ming tonnaga yetkazishni, “O‘zmetkombinat” esa ishlab chiqarish tannarxini 20 foizga kamaytirishni reja qilmoqda.
Rossiyaning VEB.RF rivojlanish korporatsiyasi OKMK tarkibida mis boyitish fabrikasi qurilishi qurish uchun davlat kafolati va ta’minotisiz 712 mln yevro miqdorida kredit ajratmoqda. Yangi inshoot hisobidan zavod 2028 yilga borib katodli mis ishlab chiqarishni yiliga 400 ming tonnaga yetkazishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekiston bugungi kunda misdan 2,5 mlrd dollar daromad ko‘rmoqda. Kelgusi 5 yilda mis ishlab chiqarish hajmini 400 ming tonnagacha yetkazish orqali, bu ko‘rsatkichni turdosh tarmoqlar bilan birga 7−8 milliard dollarga yetkazish mumkin, deyildi prezident rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda. Buning uchun mis sanoati klasterlarini tashkil etish va boshqa choralarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting