Tojikistonning Tog‘li Badaxshon avtonom viloyatida namoyishchilar viloyat rahbari va Xorug‘ hokimining iste’fosini talab qilishdi. Prokuratura mitingni mamlakat xavfsizligiga putur yetkazish maqsadida o‘tkazilgan «noqonuniy harakat» deb atadi.
Qozog‘iston prezidenti mamlakatdagi tartibsizliklarni xalqaro terroristik agressiv harakat deb atadi va KXSHTga a’zo davlatlar rahbarlaridan yordam so‘radi. U aksilterror operatsiya boshlanganini ma’lum qildi va Olmaotada aeroport qo‘lga olinganini tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shahar yaqinida Mudofaa vazirligining havo-desant bo‘linmalari bilan jang ketmoqda.
Qozog‘iston prezidenti mamlakatda davom etayotgan norozilik namoyishlari ortidan Olmaota shahri va Mangistau viloyatida ikki haftalik favqulodda holat joriy qildi.
Qozog‘iston prezidenti vatandoshlariga yo‘llagan videomurojaatida namoyishlar ishtirokchilarini «aql bilan ish ko‘rishga, ichki va tashqi ig‘volarga berilmaslikka, mitingchilar va o‘zboshimchaliklar eyforiyasiga uchmaslikka» chaqirdi. «Hukumat qulamaydi. Biroq, bizga mojaro emas, o‘zaro ishonch va muloqot kerak», — dedi u.
«Gazeta.uz» manbalari va Qozog‘istondagi OAVlar mamlakatda bir qator ijtimoiy tarmoqlar ochilmayotganini ma’lum qildi. Ayrim hududlarda esa norozilik namoyishlari davom etmoqda. Prezident Qasim-Jomart Toqayev namoyishchilardan «buzg‘unchi shaxslarning chaqiriqlariga ergashmaslikni» so‘radi va ijtimoiy-iqtisodiy xarakterdagi talablarni ko‘rib chiqishga va’da berdi.
Uch yil davomida qariyb 400 mln so‘mlik moliyaviy xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan Qonliko‘ldagi 1-DMTT direktori sud tomonidan lavozimiga qayta tiklangan. Bundan norozi bo‘lgan tarbiyachilar namoyish o‘tkazdi. Qoraqalpog‘iston Maktabgacha ta’lim vazirligi bog‘cha mudirasini qaytadan lavozimidan chetlashtirdi.
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov O‘zbekistonda yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari va namoyishlarni tashkil etish SSSR Oliy Kengashi Prezidiumi farmoni bilan tartibga solinishi haqidagi ma’lumotlarni rad etdi. Shunga qaramasdan u bu borada qonunbuzarlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik mavjud bo‘lsa-da, mitinglarni tashkil etish tartibi belgilanmaganini tan oldi.
Rossiya bo‘ylab minglab odamlar muholifatchi Aleksey Navalniyni qo‘llab-quvvatlash uchun ikkinchi marotaba yurishlar uyushtirishdi. 5 mingdan ortiq namoyishchilar hibsga olindi.
O‘zbekiston IIV mitinglar to‘g‘risidagi qonunni ishlab chiqishdan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarishdan iborat ekanini ma’lum qildi. Vazirlik qonun loyihasining ishlab chiqilishi Belarusdagi voqealarga aloqador emasligini ham qayd etib o‘tdi.
Miting, yig‘ilish va namoyishlar to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, ushbu tadbirlarni ish kunlari kunduzi 10:00 — 18:00 orasida 2 soatdan oshmagan vaqt davomida o‘tkazishga ruxsat beriladi. Bu kabi tadbirlarni o‘tkazishga ruxsat olish uchun ariza namoyishlar o‘tishidan o‘n besh ish kunidan kam bo‘lmagan muddatdan oldin taqdim etilishi lozim — batafsil.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting