Surxondaryo viloyatidagi To‘palang GES 75 mln 400 ming yevro evaziga modernizatsiya qilindi. Sinov ishlari to‘liq yakunlangach, GES 175 mVt elektr energiyasi ishlab chiqara boshlaydi. Prezident 2019-yilda u yerdagi ishlar bilan tanishib, jarayonni “tarixiy voqea” deb atagan.
“Hududgazta’minot“ kompaniyasi Italiyaning Pietro Fiorentini kompaniyasi bilan O‘zbekiston gaz taqsimlash tizimini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish loyihasini amalga oshiradi. Loyiha Italiyaning eksport-kredit agentligi tomonidan 200 mln yevro miqdorida moliyalashtiriladi.
Senator Sodiq Safoyev Xalqaro munozara klubidagi chiqishida mamlakatni modernizatsiya qilishning belgilarini sanab o‘tdi. «Zamonaviylashgan jamiyat doimiy taraqqiyotni ta’minlovchi ichki mexanizmlarga ega. Bu alohida shaxsga emas, tizim ishlashiga bog‘liq», — dedi u.
Jizzax shahrida eski gaz quvurlari 1,5 ming kilometrdan ziyod uzunlikdagi yangi quvurlar bilan almashtirish rejalashtirilmoqda. Gaz taqsimlash stansiyalari soni ham qisqaradi. Mazkur loyiha Turkiyaning Aksa kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
O‘zbekistonda qozonxonalarni modernizatsiya qilish jarayoniga Tataristonning «KER-Holding» kompaniyasi jalb qilinadi. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Sherzod Xidoyatovning so‘zlariga ko‘ra, 1970 yillarda qurilgan mamlakatdagi ko‘plab qozonxonalar allaqachon eskirgan. Birinchi loyiha doirasida Toshkentdagi «Vodnik» qozonxonasi 42 mln dollarga modernizatsiya qilinadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting