Hukumat qarori bilan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan oqilona foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Monitoring ishlari Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikni ta’minlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan majburiyatlarga rioya etilishini masofadan monitoring qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Yandex Go buyurtmalar vaqtida avtoulov tezligini monitoring qilish xizmatini ishga tushirdi. Unda haydovchi belgilangan tezlikdan oshib ketsa, tizim uning ilovasi orqali bu haqda ogohlantiradi. Bir nechta ogohlantirishlardan so‘ng, haydovchining xizmat ko‘rsatish buyurtmalariga kirishi vaqtincha cheklanadi.
«Obod qishloq», «Obod mahalla» va boshqa dasturlar doirasida qishloq va mahallalarda amalga oshiriladigan qariyb 21 trln so‘mlik qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarni onlayn nazorat qilish imkoniyati yaratildi. Qolaversa, dasturlar ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish uchun esa maxsus telegram bot ishlab chiqildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting