Toshkent shahar ma’muriy sudida UzAutoMotors`ning Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi maxsus komissiyasi qarorini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi shikoyat arizasini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni boshlandi.
UzAuto Motors Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining qarori ustidan Toshkent shahar ma’muriy sudiga shikoyat qildi. Oldinroq, Monopoliyaga qarshi kurashish ko‘mitasining maxsus komissiyasi tomonidan kompaniyaga asossiz oshirilgan narxlarni bekor qilib, avtomobillarni kamaytirilgan narxlarda sotish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan edi.
UzAuto Motors avtomobillar narxlarini 3 mln so‘mdan 19 mln so‘mgacha asossiz oshirgani aniqlandi. Kompaniyaga narxlarning asossiz oshirilgan qismlarini bekor qilish va avtomobillarni kamaytirilgan narxlarda sotish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Yarim yil davomida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga sub’ektlarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish yoki ularning aksiyalarini olish bo‘yicha bitimlarga oldindan rozilik berish bo‘yicha jami 64 ta murojaat kelib tushgan. Umumiy hajmi 1 trln so‘mga teng bo‘lgan ushbu bitimlarning 47,3 foizi xorijiy investorlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda UzAuto Motors avtomobillariga narxlarni shakllantirishda ayrim xarajatlarni oshirib kiritganligi va raqobat to‘g‘risidagi boshqa qonunbuzarlik alomatlari aniqlandi, deya xabar berdi deputat Rasul Kusherbayev.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘tkazgan tekshiruvda Uzauto Motors «Raqobat to‘g‘risida"gi qonun talablarini buzgani aniqlanib, kompaniyaga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Sanjar Abduqodirov 40 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.
Prezident mamlakatda raqobat muhitini rivojlantirish va iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi. 1 oktyabrdan boshlab besh yoki undan ortiq xususiy kompaniyalar mavjud bo‘lgan bozorlarda davlat korxonalarini tashkil etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting