Toshkentda “Milliy sport mukofoti-2024” taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Unda yilning eng yaxshi sportchilari nomiga Diyora Keldiyorova va Hasanboy Do‘smatov loyiq ko‘rildi. Eng yaxshi parasportchilar Nurxon Qurbonova va Xusniddin Norbekov bo‘ldi. “Gazeta.uz” taqdirlash marosimidan reportaj tayyorladi.
O‘zbekiston MOQ mamlakat pandemiyadan keyingi davrda cheklovlar va uzilishlar tufayli yoshlar Osiyo o‘yinlarini bir yilga surishni so‘raganini ma’lum qildi. Osiyo olimpiya kengashi bunga rozi bo‘lmagan va o‘yinlarni o‘tkazish huquqini Bahraynga bergan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi etib saylandi. Otabek Umarov MOQ raisining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi, Oybek Kasimov bosh kotib, Sherzod Toshmatov esa rais o‘rinbosari lavozimiga qayta saylandi.
World Boxing xalqaro sport federatsiyasi prezidenti Boris van der Vorst O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasiga tashrif buyurdi. U sport rasmiylariga tashkilotning maqsadlari haqida ma’lumot berdi. Yakunda O‘zbekistondan kuchli qo‘llov olganidan xursandligini bildirdi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi sport tashkilotlari bilan birga Parijda o‘tadigan yozgi olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik uchun yanvar-mart oylarida 73,3 mlrd so‘m mablag‘ sarfladi. Bu sportchilarning tayyorgarligi, ularga anjom va inventarlar xarid qilish, tashkilotlarning ustav xarajati va boshqalar uchun yo‘naltirildi.
Toshkentda o‘tgan dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turnirida o‘zbekistonliklar avvalgiga qaraganda kattaroq natijaga erishdi. Ular 6 ta medal olib, Fransiya va Yaponiyadan keyin umumhisobda 3-o‘rinda bo‘ldi. Doston Ro‘ziyev va Muzaffarbek To‘raboyev oltin medal oldi, Davlat Bobonov bronza bilan turnirni yakunladi.
Toshkentda o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatining 1-kunida O‘zbekiston vakili Dilshodbek Baratov -60 kg vazn toifasida bronza medali uchun bahsda qozog‘istonlik sportchiga imkoniyatni boy berdi. 48 kg vaznda Halima Qurbonova turkiyalik sportchini yengib, ikkinchi davrada Italiya vakiliga mag‘lub bo‘ldi.(Foto)
Milliy olimpiya qo‘mitasi tarkibida sportchilar manfaatlarini himoya qilish maqsadida Atletlar komissiyasi tuzildi. Unga 7 nafar sportchi kirdi. Dmitriy Shokin komissiyaga rahbar etib tasdiqlandi, Oksana Chusovitina va Bekzod Abdurahmonov esa uning o‘rinbosarlari bo‘ldi.
2019 yilning may oyidan beri Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi sifatida ishlab kelayotgan Rustam Shoabdurahmonov o‘z arizasiga binoan ishdan bo‘shatildi.
Bosh vazir Abdulla Aripov Tokiodagi Olimpiada o‘yinlarida o‘zbekistonlik bokschilarga nisbatan adolatsizlik bo‘lganligini ta’kidladi. «Shu yoshga kirib, hech qachon bunaqangi adolatsiz hakamlikni ko‘rmaganman… Ularning maqsadi bokschilarimizning irodasini sindirish edi», — dedi u.
O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi 7SABER (grafik belgi Otabek Umarov tomonidan yaratilgan) brendi ostidagi ekipirovka va sport kiyimida qatnashmoqda, O‘yinlar ochilish marosimi uchun parad formasini esa Ideal brendi tayyorladi. «Gazeta.uz» forma qay tarzda tanlangani va ishlab chiqaruvchilar haqida ma’lumot to‘pladi.
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Olimpiada ochilish marosimida bayroqdorlar sportchilarni ortiqcha toliqtirmaslik uchun almashtirilganini ma’lum qildi.
Xalqaro suzish federatsiyasi Olimpiada yo‘llanmasini olish uchun natijalarni soxtalashtirgan bir qancha o‘zbekistonlik suzuvchilarning ko‘rsatkichlarini bekor qildi. Bu hind sportchisi tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida yuzaga chiqdi. Soxtalashtirishga urinish sababli O‘zbekistonga qo‘shimcha sanksiyalar joriy etilishi mumkin. MOQ bayonot bilan chiqdi.
Shu kunga qadar bir vaqtning o‘zida Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti lavozimlarida ishlab kelayotgan Ravshan Ermatov Milliy olimpiya qo‘mitasi birinchi vitse-prezidenti etib saylandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting