«moskva» tegli maqolalar


Moskvada yotoqxonadagi yong‘inda ikki nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
30 iyul 2022, 09:02

Moskvada yotoqxonadagi yong‘inda ikki nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

Moskvadagi yong‘inda sakkiz kishi vafot etdi, ulardan ikki nafari O‘zbekiston fuqarolaridir. FVVning xabar berishicha, derazalardagi panjaralar va yong‘in sodir bo‘lgan vaqtda ishlamay qolgan signalizatsiya odamlarni qutqarib qolishga to‘sqinlik qilgan.

Moskvada ikki o‘zbekistonlik yong‘in tufayli halok bo‘ldi
4 may 2022, 10:57

Moskvada ikki o‘zbekistonlik yong‘in tufayli halok bo‘ldi

Seshanba kuni Rossiyaning Moskva viloyatidagi Mitishi shahrida 2 o‘zbekistonlik va uy egasi ko‘p qavatli binoda chiqqan yong‘in tufayli vafot etdi. Yong‘inga sigareta qoldig‘i o‘chirilmagani sabab bo‘lgani aytildi.

Moskvadagi qurilishda O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari ommaviy mushtlashdi (video)
6 aprel 2022, 13:18

Moskvadagi qurilishda O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari ommaviy mushtlashdi (video)

Moskvadagi turar joy majmuasi qurilish maydonida O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari ommaviy mushtlashdi. Janjalga «ahmoq» degan so‘z sabab bo‘lgani aytilmoqda. O‘zbekiston elchixonasining konsullik bo‘limi vaziyat nazorat ostida ekanini ma’lum qildi. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi 41 nafar tojikistonlik va 85 nafar o‘zbekistonlik mehnat migranti hibsga olinganini ma’lum qildi. Ularning 20 nafariga nisbatan deportatsiya qilish chorasi qo‘llanishi kutilmoqda.

Uzbekistan Airways Moskva va Sankt-Peterburgga qo‘shimcha reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda
9 mart 2022, 11:24

Uzbekistan Airways Moskva va Sankt-Peterburgga qo‘shimcha reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda

Uzbekistan Airways «yo‘lovchilar orasida talabning ortishi» munosabati bilan Toshkentdan Moskva va Sankt-Peterburgga qo‘shimcha reyslarni joriy qilmoqda.

Jahon yangiliklari dayjesti
14 dekabr 2021, 22:48

Jahon yangiliklari dayjesti

Belarus sudi muxolifatchi Svetlana Tixanovskayaning turmush o‘rtog‘iga 18 yil qamoq jazosi belgilagani, Fransiyada koronavirusning omikron shtammi bilan kasallanganlar soni 130 nafardan oshgani, Moskvada oxirgi 32 yillikdagi eng kuchli qor yog‘gani, Janubiy Sudanda 89 kishining noma’lum kasallikdan vafot etgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Moskvadagi turnirda o‘zbekistonlik sportchi ommaviy janjal kelib chiqishiga sababchi bo‘ldi
14 dekabr 2021, 14:53

Moskvadagi turnirda o‘zbekistonlik sportchi ommaviy janjal kelib chiqishiga sababchi bo‘ldi

Moskvada bo‘lib o‘tgan WEF ligasi turnirida o‘zbekistonlik sportchi jang boshlanmasdan oldin qirg‘izistonlik raqibiga zarba bergani ommaviy mushtlashuv kelib chiqishiga sababchi bo‘ldi.

Jahon yangiliklari dayjesti
1 dekabr 2021, 23:36

Jahon yangiliklari dayjesti

Bishkekda muxolifatchi partiya yetakchisiga hujum uyushtirilgani, AQShda maktabda sodir bo‘lgan otishmada uch o‘quvchi halok bo‘lgani, Moskva COVID-19'ga qarshi kurashda innovatsiyalar bo‘yicha Yevropada birinchi o‘rinni egallagani, Nur-Sultonda olti nafar O‘zbekiston fuqarosini qullikka sotgan shaxs qo‘lga olingani, Qozog‘istonda Nursulton Nazarboyev tasvirlangan yangi banknotalar muomalaga chiqarilishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Moskva ma’muriyati qurilish maydonlarida mehnat migrantlaridan voz kechish rejasini ishlab chiqadi
1 noyabr 2021, 15:41

Moskva ma’muriyati qurilish maydonlarida mehnat migrantlaridan voz kechish rejasini ishlab chiqadi

Moskva meriyasi qurilish maydonchalarida mehnat migrantlaridan voz kechish rejasini tayyorlaydi. Shahar ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, mehnat resurslari tanqisligi 40%ga yaqinlashgan. Rossiya poytaxti rasmiylari qurilishga kamroq, lekin uch-to‘rt marta ko‘proq ish haqi bilan yaxshiroq malakaga ega mutaxassislarni jalb qilmoqchi.

5 oktabrdan Moskvadan O‘zbekiston shaharlariga aviareyslar soni oshiriladi
23 sentabr 2021, 12:45

5 oktabrdan Moskvadan O‘zbekiston shaharlariga aviareyslar soni oshiriladi

5 oktabrdan boshlab Moskvadan O‘zbekiston shaharlariga doimiy aviaqatnovlar oshiriladi. Bunda Moskva — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga 4 tagacha reys, Moskva — Samarqand, Buxoro bo‘yicha haftasiga 2 ta reys yo‘lga qo‘yiladi.

Moskva metrosida o‘zbek va tojik tillaridagi yozuvlar paydo bo‘ldi
14 sentabr 2021, 10:49

Moskva metrosida o‘zbek va tojik tillaridagi yozuvlar paydo bo‘ldi

Rossiya poytaxtidagi «Lesoparkovaya» metro bekatida o‘zbek va tojik tillaridagi yo‘l ko‘rsatkichlar paydo bo‘ldi. Mazkur bekatdan migratsiya markaziga avtobuslar qatnovi mavjud.

Jahon yangiliklari dayjesti
18 avgust 2021, 21:58

Jahon yangiliklari dayjesti

Facebook’ning koronavirus haqida noto‘g‘ri ma’lumotlari bo‘lgan 18 mlnta postni o‘chirib tashlagani, Moskvada kuchli yomg‘irlar tufayli 70 ta reysning bekor qilingani, Afg‘oniston mojarosi bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
28 iyun 2021, 20:52

Jahon yangiliklari dayjesti

Bir guruh Afg‘oniston harbiylarining Tojikiston chegarasidan o‘tgani, Shvetsiya bosh vazirining iste’fosi, Hindistonning 50 ming nafar harbiyni Xitoy bilan chegara hududiga safarbar qilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Moskvada migrantlarni koronavirusga qarshi emlash jarayonlari boshlandi
28 iyun 2021, 17:51

Moskvada migrantlarni koronavirusga qarshi emlash jarayonlari boshlandi

Moskvada migrantlarni koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinatsiya jarayonlari boshlandi. Hozirda ular «Sputnik Layt» bilan emlanmoqda va vaksina uchun to‘lov ish beruvchi tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

Moskvada vaksinatsiyani tasdiqlovchi QR kodisiz kafe va restoranlarga borish taqiqlandi
28 iyun 2021, 11:06

Moskvada vaksinatsiyani tasdiqlovchi QR kodisiz kafe va restoranlarga borish taqiqlandi

Rossiya poytaxtidagi kafe va restoranlarga faqat maxsus QR-kod taqdim etilgandan keyingina tashrif buyurish mumkin. Kod koronavirusga qarshi to‘liq emlanganlar, kafega kelishdan avval, yarim yil ichida COVID-19 bilan kasallanganlar yoki uch kundan kechiktirmay PSR testining manfiy natijasini olganlarga beriladi.

Moskva va Sankt-Peterburgda koronavirus sababli cheklovlar kuchaytirildi
14 iyun 2021, 14:25

Moskva va Sankt-Peterburgda koronavirus sababli cheklovlar kuchaytirildi

Moskvada epidemiologik vaziyatning yomonlashgani sababli 15−19 iyun dam olish kunlari deb e’lon qilindi, 20 iyunga qadar hayvonot bog‘lari va savdo markazlaridagi fudkortlar yopildi, restoran va kafelar kechki payt ishlamaydi. Talabalar imtihonlarni onlayn topshirishadi. Shunga o‘xshash cheklovlar, faqat dam olish kunlarisiz, Sankt-Peterburgda ham joriy qilindi.

Moskvaga yana ikkita muntazam reyslar yo‘lga qo‘yiladi
9 iyun 2021, 17:00

Moskvaga yana ikkita muntazam reyslar yo‘lga qo‘yiladi

10 iyundan boshlab seshanba va payshanba kunlari Toshkentdan Moskvaga yana ikkita muntazam reyslar yo‘lga qo‘yiladi. Qo‘shimcha reyslar seshanba kuni Uzbekistan Airways tomonidan va payshanba kuni «Aeroflot» tomonidan amalga oshiriladi.

Royal Flight aviakompaniyasiga O‘zbekistonga muntazam qatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi
22 aprel 2021, 17:02

Royal Flight aviakompaniyasiga O‘zbekistonga muntazam qatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi

«O‘zaviatsiya» agentligi Rossiyaning Royal Flight aviakompaniyasiga Moskva-Andijon-Moskva yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berdi.

Toshkentdan Moskvaga muntazam aviaqatnovlar har shanba kuni
7 aprel 2021, 11:41

Toshkentdan Moskvaga muntazam aviaqatnovlar har shanba kuni

Uzbekistan Airways 2021 yilning aprel oyidan boshlab, har shanba kuni Toshkent — Moskva — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar qayta joriy etilishi haqida xabar berdi.

Aleksey Navalniy 17 yanvar kuni Moskvaga qaytayotganini ma’lum qildi
13 yanvar 2021, 17:50

Aleksey Navalniy 17 yanvar kuni Moskvaga qaytayotganini ma’lum qildi

Muxolifatchi Aleksey Navalniy 17 yanvar kuni Rossiyaga qaytayotgani haqida ma’lum qildi. U avgustdagi zaxarlanishdan so‘ng Germaniyada davolanayotgan edi. Ayni damda esa Rossiyada Navalniyga nisbatan firibgarlik uchun jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Rossiyadan o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun qo‘shimcha poyezd qatnovlari amalga oshiriladi
12 dekabr 2020, 11:19

Rossiyadan o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun qo‘shimcha poyezd qatnovlari amalga oshiriladi

Rossiyada qolib ketgan O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatga olib kelish maqsadida 14, 21 va 28 dekabr kunlari Moskvadan Toshkentga maxsus poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting