Rossiya Davlat dumasida mehnat muhojirlariga o‘z oilalarini mamlakatga olib kelishni taqiqlovchi qonun loyihasi tayyorlanmoqda. “Odam o‘zi ishlash uchun kelarkan, oila a’zolarini ham yetaklab kelishi mumkin emas”, — dedi duma spikeri Vyacheslav Volodin.
Rossiya hukumati Rossiya fuqaroligini olgan 30 mingdan ortiq odamni “ovlab”, harbiy ro‘yxatga olgan va ularning 10 mingga yaqini allaqachon Ukrainadagi urushga jo‘natilgan, dedi Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin.
Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlar Moskva yaqinidagi “Krokus”da terakt sodir etishda ayblanayotgani fonida Rossiyada muhojirlarga qarshi choralar, xususan, viza rejimini joriy etish, huquqbuzarlik uchun deportatsiya qilish hamda patentlar bo‘yicha cheklovlar muhokamasi avj oldi.
Iqlim o‘zgarishlari 250 mln kishini o‘z mamlakatlari ichida ko‘chishga majbur qilishi mumkinligini ko‘rsatmoqda Jahon banki hisob-kitoblari. Markaziy Osiyoda yashayotgan qariyb 2,5 mln kishi iqlim migrantlariga aylanadi. Farg‘ona vodiysi, Toshkent atrofi, Tojikiston janubi va Qozog‘iston shimoli — oqim manzillari.
Rossiya hududida noqonuniy bo‘lib turgan xorijiy davlat fuqarolariga 15 iyunga qadar o‘z maqomlarini qonuniylashtirishga ruxsat berilgan. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiya hududida bo‘lishni qonuniylashtirish masalasida yordam qidirayotgan fuqarolarni O‘zbekistonning Rossiya mintaqalaridagi Bosh konsulxonalariga hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining telefon raqamlari orqali murojaat qilishga chaqirmoqda.
Rossiya ichki ishlar vazirligi 15 iyunga qadar MDH davlatlariga Rossiyada noqonuniy bo‘lib turgan muhojirlarni olib chiqib ketishni talab qilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda O‘zbekistondan 332 ming nafar muhojir Rossiya hududida noqonuniy bo‘lib turibdi.
Rossiya qurilish vazirligi va kommunal xizmatlar boshqarmasi migrantlarning qurilish ishlariga kelishlari uchun mamlakatga kirish shartlarini soddalashtirishni so‘radi. Qurilish vazirligi 1 dekabr holatiga ko‘ra mamlakatning 77 viloyatidan 50 tasidagi qurilish maydonlarida muhojirlar yetishmovchiligi kuzatilayotganini aytgan.
O‘zbekiston yaqin kunlarda Rossiya-Qozog‘iston chegarasida yig‘ilib qolgan qariyb 2000 o‘zbekistonlik ikkita poyezd bilan qaytarilmoqda.
Rossiya-Qozog‘iston chegarasida to‘plangan o‘zbekistonliklar yaqin kunlarda poyezd bilan uylariga olib kelinadi. Avvalroq muhojirlarning, shu jumladan O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolarining Samara viloyatidagi nazorat punktidan o‘tishga urinayotgani haqida xabar berilgan edi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting