Forish tumanida daladan erkak kishining jasadi topildi. Jizzax viloyati IIBning ma’lum qilishicha, u mahalladoshining tosh bilan yetkazgan jarohati oqibatida vafot etgan. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochildi.
Sergeli tumanidagi maktab hovlisidan 44 yoshli ayolning jasadi topildi. Bosh prokuratura uning o‘limiga yurak kasalligi, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi va alkogoldan o‘tkir zaharlanish kabilar sabab bo‘lganini bildirdi.
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi xonadonlarning birida ota va 5 yoshli qizaloqning murdasi topildi. Dastlabki sud-tibbiy ekspertizasi ularning o‘limiga «noma’lum etiologikdan zaharlanish» sabab bo‘lganini ko‘rsatmoqda. Xolat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
22 noyabr kuni Farg‘ona tumanida ayol uyidan chiqib ketib, bedarak yo‘qoldi. Oradan ikki kun o‘tib, uning murdasi Qirg‘izistonning Batken viloyatidagi ariqdan topildi. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Samarqand tumanida qaynonasi bilan kelisholmay, o‘zi va 3 bolasini «Darg‘om» kanaliga tashlagan 26 yosh ayolning farzandi murdasi oradan 10 kun o‘tib kanal qirg‘og‘idan topildi. Ayol va uning ikki bolasi voqea vaqtida suvdan chiqarib olingan edi. Hozirda onaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olingan.
Pastdarg‘om tumanidagi kanalda 17 yoshli qizning murdasi topildi. Qizning yaqinlari uning nomusiga tegib, keyin o‘ldirganini gumon qilishayotganini bildirgan. Sud tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, marhumaning o‘limi, suvga cho‘kishdagi mexanik asfiksiyadan kelib chiqqanini va jinsiy a’zolarida tan jarohatlari aniqlanmaganligi aytilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting