«namangan» tegli maqolalar


Namanganda Gentra yo‘ldan o‘tayotgan piyodani urib qochib ketdi. Jabrlanuvchi halok bo‘ldi. YHXB barcha qora Gentra’larni tekshirmoqda
12 fevral 2025, 19:42

Namanganda Gentra yo‘ldan o‘tayotgan piyodani urib qochib ketdi. Jabrlanuvchi halok bo‘ldi. YHXB barcha qora Gentra’larni tekshirmoqda

Namangan shahrida Gentra haydovchisi yo‘lni kesib o‘tayotgan 67 yoshli fuqaroni urib yubordi va qochib ketdi. Piyoda voqea joyida halok bo‘ldi. YHXB haydovchini topish maqsadida hududdagi qora rangli Gentra’larni bir yerga to‘plab, tekshirmoqda.

Namangandagi kanaldan 25 yoshli ayolning jasadi topildi
27 dekabr 2024, 17:53

Namangandagi kanaldan 25 yoshli ayolning jasadi topildi

Namanganda yashagan ayol oilaviy muammolar sababli o‘zi va ikki farzandini Shimoliy Farg‘ona kanaliga tashladi. Bolalar qutqarib qolingan, ayol esa vafot etgan.

Namanganda sex 2,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
27 noyabr 2024, 01:19

Namanganda sex 2,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Namanganning Chust tumanida transformatorni qasddan uzib, 2,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan ishlab chiqarish sexi mas’ullari ushlandi. To‘plangan hujjatlar tegishli organlarga yuborildi.

Namangan hokimi prezidentga viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish rejalarini ko‘rsatdi
26 noyabr 2024, 19:30

Namangan hokimi prezidentga viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish rejalarini ko‘rsatdi

Prezident huzurida Namangan viloyatini investitsion rivojlantirish va aholi farovonligini oshirishga doir yig‘ilish o‘tkazildi. Davlat rahbari hokimning kambag‘allik chegarasini 5,3 foizga tushirish, migrantlarni hududning o‘zida ish bilan ta’minlash, 1 mlrd dollar eksport qilish rejalarini ma’qulladi.

Namanganda ikki bor unashtiruvi bekor bo‘lgan qizini o‘ldirib qo‘ygan ota 10 yilga qamaldi
20 noyabr 2024, 15:14

Namanganda ikki bor unashtiruvi bekor bo‘lgan qizini o‘ldirib qo‘ygan ota 10 yilga qamaldi

To‘raqo‘rg‘onda 22 yoshli qiz ikkinchi bor unashtiruvni bekor qilib, turmushga chiqishni rad qildi. Bundan g‘azablangan ota so‘roq qilish davomida qizini bo‘g‘ib o‘ldirib qo‘ydi. Sud otani 10 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Namanganda erkak va uning ikki farzandi is gazidan halok bo‘ldi
19 noyabr 2024, 23:06

Namanganda erkak va uning ikki farzandi is gazidan halok bo‘ldi

Namanganning Pop tumanida qo‘lbola pechkadan chiqqan is gazi oqibatida bir oilaning uch nafar a’zosi: ota, o‘g‘il va qiz farzandlar halok bo‘ldi. Ona ko‘rsatilgan tibbiy yordam natijasida tirik qoldi. Prokuratura tekshiruv harakatlarini boshladi.

Namanganda Damas temiryo‘lga chiqib ketdi va poyezd bilan to‘qnashdi. Haydovchi halok bo‘ldi
11 noyabr 2024, 19:44

Namanganda Damas temiryo‘lga chiqib ketdi va poyezd bilan to‘qnashdi. Haydovchi halok bo‘ldi

Namanganda Damas haydovchisi to‘xtash belgilariga amal qilmasdan, temiryo‘lni kesib o‘tishga urindi va elektrovozning yuk vagoniga urildi. U og‘ir jarohatlar bilan voqea joyida halok bo‘ldi.

Namanganda yana o‘quvchilar ijaraga olingan mashinada avariyaga uchradi
5 noyabr 2024, 14:50

Namanganda yana o‘quvchilar ijaraga olingan mashinada avariyaga uchradi

Namangan shahrida ikki nafar 9-sinf o‘quvchisi Gentra mashinasida YTHga uchradi. Ular mashinani 150 ming so‘mga vaqtincha ijaraga olgan. Bir oycha avval xuddi shu shaharda ijaradagi avtomobilda avariyaga uchragan 3 nafar bola vafot etgandi.

Namanganda 8 yoshli bola yuk mashinasi urib ketishi oqibatida vafot etdi
18 oktabr 2024, 14:56

Namanganda 8 yoshli bola yuk mashinasi urib ketishi oqibatida vafot etdi

Namangan shahrida yuk mashinasini boshqarib kelayotgan haydovchi ehtiyotsizlik oqibatida velosipeddagi 8 yoshli bolani urib ketgan. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan.

Namanganda yigit manyovrlar oqibatida mashina yukxonasidan yiqilib, vafot etdi
14 oktabr 2024, 11:03

Namanganda yigit manyovrlar oqibatida mashina yukxonasidan yiqilib, vafot etdi

Namanganning Kosonsoy tumanida 21 yoshli haydovchi “Jiguli”da turli xavfli manyovrlar qilib harakatlandi. Buning oqibatida mashina “bagaji” ustida o‘tirgan yigit yiqilib tushgan va shifoxonada vafot etgan.

200 ming so‘mga ijara avtomobil va uch kishining o‘limi: Namanganda o‘quvchilar ishtirokidagi YTH tafsilotlari
10 oktabr 2024, 15:38

200 ming so‘mga ijara avtomobil va uch kishining o‘limi: Namanganda o‘quvchilar ishtirokidagi YTH tafsilotlari

Namanganda Gentra avtomashinasini ijaraga olgan 5 nafar o‘quvchi katta tezlikda yo‘lning qarama-qarshi qismiga chiqib ketib, yuk mashinasi bilan to‘qnashgandi. Ulardan 3 nafari vafot etdi. Bu yil boshidan buyon shaharda mashina ijaraga olgan o‘quvchilar ishtirokida sodir bo‘lgan to‘rtinchi YTH bo‘ldi, deb yozadi Kun.uz.

Axsikent yodgorligida metro uslubida qurilgan qadimiy yerosti yo‘laklari, rakovina, pol osti isitish tizimi, sopol quvurlar topildi
2 oktabr 2024, 13:20

Axsikent yodgorligida metro uslubida qurilgan qadimiy yerosti yo‘laklari, rakovina, pol osti isitish tizimi, sopol quvurlar topildi

Namangan viloyatidagi Axsikent yodgorligida arxeologlar tomonidan ikkita noyob yerosti yo‘llari, qadimiy rakovina, pol osti isitish tizimi, sopol quvurlar topildi. Hokimlik matbuot xizmati yodgorlik va undagi so‘nggi topilmalar haqida National Geographic hujjatli film suratga olishini ma’lum qildi.

Namangandagi omborxonadan 800 mln so‘mlik noqonuniy dorilar topildi
18 sentabr 2024, 22:15

Namangandagi omborxonadan 800 mln so‘mlik noqonuniy dorilar topildi

Namangan shahridagi omborxonada O‘zbekistonda saqlash va sotish taqiqlangan 821 mln so‘mlik 639 turdagi dori vositalari borligi aniqlandi. Tibbiy buyumlar olib qo‘yildi, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Namanganda fuqaro uni to‘xtatishga kelgan ikki IIB xodimini pichoqladi
14 avgust 2024, 21:29

Namanganda fuqaro uni to‘xtatishga kelgan ikki IIB xodimini pichoqladi

Namanganda aholi tinchligini buzib, bezorilik qilayotgan fuqaro holatning oldini olishga kelgan ikki nafar IIB xodimini pichoq va yog‘och bilan jarohatladi. U qo‘lga olindi, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Namangandagi 10 ta tuman hokimlari raqobatga zid qarorlar imzolagani aniqlandi
19 iyul 2024, 23:42

Namangandagi 10 ta tuman hokimlari raqobatga zid qarorlar imzolagani aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi Namangan viloyatining 10 ta tumani hokimlari bozorda raqobatni cheklashga hamda iste’molchilar huquq va manfaatlari kamsitilishiga olib keluvchi qarorlar imzolaganini aniqladi. Hujjatlar qonun talablariga muvofiqlashtirildi, hokimliklar ogohlantirildi.

Qarshi va Namangandan Istanbulga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yildi
12 iyun 2024, 14:19

Qarshi va Namangandan Istanbulga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yildi

Qanot Sharq aviakompaniyasi Qarshi va Namangandan Istanbulga muntazam yo‘lovchi qatnovlarini yo‘lga qo‘ydi. Namangandan parvozlar haftaning seshanba kunlari, Qarshidan esa payshanba kunlari amalga oshiriladi.

Namanganda obodonlashtirish xodimlarini aldab, ularning nomiga kredit olgan shaxs ushlandi
22 may 2024, 17:11

Namanganda obodonlashtirish xodimlarini aldab, ularning nomiga kredit olgan shaxs ushlandi

Namangan viloyatida o‘zini hokimlik ishchisi sifatida tanishtirib, obodonlashtirish boshqarmasining 4 nafar ayol xodimasini aldab, ularning nomiga kredit rasmiylashtirgan shaxs qo‘lga olindi. U 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Namanganda 63-xalqaro gullar festivali boshlandi — fotoreportaj
20 may 2024, 17:24

Namanganda 63-xalqaro gullar festivali boshlandi — fotoreportaj

Namangan shahri bo‘ylab 63-xalqaro gullar festivalining ilk kunida gullarga burkangan avtokarvon yurib o‘tdi. Bayram arafasida 45 mln tupdan ziyod gul va buta ekildi. Bu yil an’anaviy tadbirda 6 mln kishi ishtirok etishi kutilmoqda. “Gazeta.uz” 23-iyungacha davom etadigan festivaldan fotoreportaj tayyorladi.

Namanganda KamAZ urib yuborgan 6 yoshli bola vafot etdi
14 may 2024, 10:01

Namanganda KamAZ urib yuborgan 6 yoshli bola vafot etdi

To‘raqo‘rg‘on tumanida KamAZ haydovchisi 6 yoshli bolani urib yubordi. Oqibatda bola shifoxonada vafot etdi. “Kenja farzandim edi, bog‘chada ham juda dono edi. Hech kimning boshiga bu tashvish tushmasin”, — deydi marhumning otasi.

Qirg‘izistondagi zilzila kuchi Namanganda ham sezildi
13 may 2024, 12:00

Qirg‘izistondagi zilzila kuchi Namanganda ham sezildi

13-may soat 11:44 da Qirg‘izistonda magnitudasi 3,9 ga teng bo‘lgan zilzila yuz berdi. Yer silkinishi kuchi Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on va Kosonsoy tumanlarida ham sezildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting