O‘zbekistonda yoshlarning narkomaniyaga ruju qo‘yishi bo‘yicha eng ko‘p holat Toshkent shahrida qayd etilmoqda. Poytaxtda, shuningdek, o‘quvchilar orasida sintetik narkotiklar iste’moli qilish holatlari ham ko‘payib boryapti. “Buni inkor qilib bo‘lmaydi”, — dedi Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova.
O‘zbekistonda oxirgi 5 yilda narkojinoyatlar soni ikki barobarga ko‘paydi. NNQMM rahbari Ravshan Mamatovning aytishicha, ayniqsa sintetik giyohvandlik vositalari musodarasi 400 martaga ko‘paygan. “Bu illatning yoshlar o‘rtasida keng tarqalayotgani bizni tashvishga solmoqda”, — dedi u.
Ichki ishlar organlari narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni majburiy davolashga yuborish tashabbusi bilan chiqish huquqiga ega bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting