Samarqandda aylanma yo‘llar orqali opiy olib o‘tgan uch Tojikiston fuqarosi va ularning o‘zbekistonlik sherigi ushlandi. Bekobodda ham o‘zbek-tojik chegarasi yaqinida kanalga oqizib yuborilgan yelim idishlar va sumkadan katta miqdorda narkotik topildi. Jami 111 kg giyohvandlik moddalari musodara qilindi.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari Toshkent, Farg‘ona, Urganch va Ohangaron shaharlaridagi tezkor tadbirlar davomida, xususan, Tojikistondan olib kelingan 10 kilogrammdan ortiq gashish va opiyni musodara qildi.
Sankt-Peterburg portida Afrikadan Yevropa orqali O‘zbekistonga yo‘l olgan banan konteynerlaridan birida 50 kg kokain aniqlandi.
Oxirgi 10 yil ichida giyohvand moddalarni iste’mol qiluvchilar soni 23 foizga oshib, 296 million kishiga yetdi. Noqonuniy bozorlarda sintetik moddalar hukmronlik qilmoqda, deyiladi BMT hisobotida.
Uchtepa tumani IIB xodimlari uylar devorlariga narkotik moddalarni sotadigan onlayn do‘konlar flayerini joylashtirib yurgan shaxsni qo‘lga oldi. U 2022-yil kuzidan buyon shu ish bilan shug‘ullanayotganini bildirdi.
Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida yashovchi fuqaro o‘z hovlisida 17 tup «marixuana» yetishtirganlikda gumonlanmoqda. Uning xonadonida salkam 13 kg «nasha» va «ko‘knori» borligi aniqlandi.
DXX Toshkent viloyatida 9,1 kg «opiy» ni 54 ming dollarga sotgan shaxslarni qo‘lga olgani aytilmoqda. Ular narkotikni xaridorga berib, undan olgan pullarini tojikistonlik narkosavdogarga yetkazishi kerak bo‘lgan. Bundan tashqari, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida Qozog‘iston va Qirg‘izistondan aylanma yo‘llar orqali olib kirilgan giyohvandlik moddalarining noqonuniy muomalasiga chek qo‘yildi.
O‘zbekiston-Tojikiston chegarasida giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish uchun ikkita chegaraviy hamkorlik idorasi ochildi.
Toshkent viloyatiga noqonuniy olib kirilayotgan 150 mln so‘mlik 1000 dona «Tropikamid» dori vositalari to‘xtatib qolindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting