Shavkat Mirziyoyev jahon bozorida oziq-ovqat narxi kun sayin ortib borayotgani, jumladan, bug‘doy narxi yil boshidan beri 30 foizga qimmatlashganini aytdi. «Narx-navo barqarorligini ta’minlashning yagona to‘g‘ri yo‘li bu — bozorda taklifni ko‘paytirish hisoblanadi», — dedi u. Qolaversa, «O‘zdonmahsulot» tarkibidagi 43 ta don korxonasi xarajatlari yuqoriligi, biroq rentabelligi 2 baravar pastligi tanqid qilindi.
O‘zbekistonda oq qog‘oz narxi o‘rtacha 2 barobarga oshdi. Bu Rossiya zavodlaridagi oqartirgich importi bilan bog‘liq cheklovlar tufayli qog‘oz narxining oshishi fonida sodir bo‘lmoqda. O‘zbekistonda qog‘oz va karton importining deyarli yarmi Rossiya korxonalariga to‘g‘ri keladi.
UzAuto Motors Chevrolet Equinox 2022 yilgi modelining narxni 250 mln so‘mdan 391 mln so‘mgacha etib belgiladi. Kompaniyaning ishontirishicha, yangi Equinox avtomobilining afzalligi uning gibrid tizimi hisoblanadi.
Juma kunidan «O‘zbekneftgaz» kompaniyasiga qarashli respublikadagi barcha yoqilg‘i quyish shoxobchalarida «AI-80» markali benzin narxi 6500 so‘mgacha arzonlashtirildi.
Shavkat Mirziyoyev go‘shtning qimmatlashishi fonida narxlarni barqarorlashtirish tadbirkorlarni arzon narxda sotishga majbur qilishni anglatmasligini aytdi. Prezident bozorda taklif ortishi uchun sharoit yaratish zarurligini ta’kidladi. Shundan kelib chiqib, parrandachilik korxonalarining foyda, mol-mulk, yer va suv soliqlari 50 foizga kamaytiriladi.
Toshkentda qurilish bo‘yicha yirik loyihalar «ko‘p qavatli uylar narxlari oshishining oldini olish uchun kerak», deya ta’kidladi Jahongir Ortiqxo‘jayev. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2,5−3 yil avval uylarning narxi 1 kv. metri uchun 1500 dollardan kam bo‘lmasligi prognoz qilingan. «Agar Toshkent shahrida qurilishni to‘xtatib qo‘ysak, narxlar keskin oshishi kuzatilardi», — dedi hokim.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting