1 aprel kuni «Tashabbusli budjet» loyihasining ilk mavsumi yakunlandi hamda g‘oliblar e’lon qilindi. Natijalarga ko‘ra, ushbu mavsum davomida fuqarolar jo‘natgan jami 70 mingga yaqin tashabbusdan 2215 tasi g‘olib bo‘ldi. Ushbu loyihalarga ovoz berish jarayonlarida esa 6,7 mln kishidan ko‘proq aholi ishtirok etdi. G‘olib deb topilgan tashabbuslarning 34 foizi umumta’lim maktablarini ta’mirlash loyihalari bo‘ldi.
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax 24-Olimpiada o‘yinlari yakunlanganini tantanali e’lon qildi. Bu yilgi o‘yinlarda umumjamoa hisobida 37 ta medal bilan Norvegiya yetakchi bo‘ldi. Jamoaviy natijalarga ko‘ra, 2-o‘rinni Germaniya va 3-o‘rinni Xitoy Xalq Respublikasi egalladi.
2021 yilda IT Park rezident kompaniyalari tomonidan 2,5 trln so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi, shundan 46 mln dollar eksport hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu ko‘rsatkich 2020 yilga qaraganda 2,8 barobar ko‘p. Qolaversa, o‘tgan yili IT Park rezidentlari soni jami 523 taga yetdi, yil davomida 104 ta yangi kompaniya tashkil etilgan, 124 ta kompaniya esa rezidentlikdan mahrum etildi.
Kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan abituriyentlar Davlat test markazi binosi oldida to‘planishdi. Natijalar hisoblanganda, ularning harbiy xizmat imtiyozlari hisobga olinmagan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting