NATO a’zolari orasida Ukrainani ittifoqqa taklif qilish uchun zarur bo‘lgan “konsensus belgilari yo‘q”, deb yozadi Reuters. Ukraina TIV mamlakat blok a’zoligiga “hech qanday muqobil yoki o‘rnini bosuvchi” a’zolikni qabul qilmasligini bildirdi va Budapesht memorandumining “achchiq tajribasi”ni eslatdi.
Ukraina taklif etgan “g‘alaba rejasi”ning ikkita bandi Donald Tramp uchun maxsus ishlab chiqilgan, deb yozadi Financial Times. Ukraina resurslaridan birgalikda foydalanish va Yevropadagi AQSh qo‘shinlarini ukrainlarga almashtirish bandlari shular jumlasidan.
Donald Tramp jamoasi Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lish rejalaridan kamida 20 yilga voz kechmoqchi, deb yozadi WSJ. Bu Rossiya-Ukraina urushini tugatish bo‘yicha takliflarning bir qismidir. AQSh, shuningdek, Rossiyaning kelgusi tajovuzlarini to‘xtatish uchun Ukrainaga qurol berishni davom ettirishi mumkin.
Ukrainaning NATOga zudlik bilan taklif etilishiga AQSh va Germaniyadan tashqari, Vengriya, Slovakiya, Belgiya, Sloveniya va Ispaniya ham qarshi, deb yozmoqda Politico. Urush tugashidan oldin Ukrainaning NATOga rasman taklif qilinishi Zelenskiyning “g‘alaba rejasi”dagi birinchi banddir.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘z mamlakatini NATOga taklif qilishni Rossiya bilan urushni tugatishning yagona yo‘li deb atadi. Uning fikricha, bu Kiyevning muzokaralardagi pozitsiyasini mustahkamlaydi va ukrainaliklarning ruhiyatini oshiradi.
NATO hozircha Ukrainaga a’zolikni taklif qilmaydi, biroq mamlakatga harbiy yordam yetkazib berish, ukrainalik askarlarni tayyorlash va ikki tomonlama xavfsizlik kelishuvlari realizatsiyasini muvofiqlashtiruvchi missiya tuzadi.
Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte NATOning yangi bosh kotibi bo‘ladi. Siyosatchi Yevropa Ittifoqining nufuzli yetakchilaridan biri sanaladi. U Ukrainani faol qo‘llab-quvvatlaydi, AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp bilan til topisha oladi va nizolardan qocha olish qobiliyati uchun “Teflon Mark” laqabini olgan.
NATO xodimlari O‘zbekiston Qurolli kuchlari Kichik mutaxassislar tayyorlash markazi faoliyati bilan tanishdi. Mehmonlar harbiy alyans to‘g‘risida ma’lumot berib, NATOga a’zo davlatlarda serjantlar qanday tayyorlanishi bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etdi. Hamkorlikdagi o‘quv mashg‘ulotlari 20-aprelgacha davom etadi.
Rasmiy ravishda NATOga qo‘shilgan Shvetsiya Shimoliy Atlantika alyansining 32-a'zosiga aylandi. Harbiy blokka qo‘shilishdan oldin Stokgolm 200 yildan ortiq vaqt davomida betaraflik siyosatiga amal qilgan.
Vengriya parlamenti Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish bo‘yicha bergan arizasini ratifikatsiya qildi. Mamlakat Shvetsiyaning harbiy blokka qo‘shilishi uchun roziligi kerak bo‘lgan eng so‘nggi davlat edi. Rasmiy jarayonlar yakunlangach, Shvetsiya NATOning 32-a’zosiga aylanadi.
Vengriyaning hukmron partiyasi a’zolari Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish arizasi bo‘yicha ovoz berish jarayoni o‘tkazilishi kerak bo‘lgan parlament yig‘ilishini boykot qildi. Vengriya Yevropa Ittifoqidagi hali arizani ma’qullamagan so‘nggi davlat hisoblanadi.
Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishi haqidagi hujjat Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an tomonidan imzolandi. Shvetsiyaning alyansga qo‘shilish arizasini ratifikatsiya qilmagan faqatgina Vengriya qoldi.
Turkiya parlamentining tegishli qo‘mitasi Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish arizasini ma’qulladi. Endi hujjat parlament a’zolarining umumiy ovoziga qo‘yiladi. Prezident Rajab Toyyib Erdog‘an avvalroq hujjatning yakuniy ratifikatsiyasini Amerikaning F-16 qiruvchi samolyotlarini Anqaraga sotish bilan bog‘lagan edi.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiylari Koreyada NATO standartlari asosida o‘tkazilgan xalqaro musobaqada g‘olib bo‘ldi. Ikkinchi o‘rin esa AQSh va Koreya jamoalariga nasib etdi.
Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishi haqidagi protokolni imzoladi. Endi u Turkiya parlamenti tomonidan ratifikatsiya qilinishi kerak. Shvetsiya bosh vaziri mamlakat alyansga a’zo bo‘lish imkoniyatini “intizorlik bilan kutayotganini” ta’kidladi.
NATO sammitida “Katta yettilik” davlatlari Ukraina xavfsizligini uzoq muddatda ta’minlashga va’da berdi. Bunda Ukraina qurolli kuchlarini qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiyotni mustahkamlash, shuningdek, mamlakatga texnik va moliyaviy yordam ko‘rsatish ko‘zda tutilgan.
Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlashga rozi bo‘ldi. NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Turkiya rahbari, Shvetsiya bosh vaziri va Yevropa kengashi rahbari bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng buni tasdiqladi.
NATO davlatlari Ukrainaning harbiy blokka a’zo bo‘lish bo‘yicha arizasini tezlashtirilgan tartibda ko‘rib chiqishga kelishdi. “Bu bizning NATO`ga yo‘limizni qisqartiradi”, — dedi Ukraina Tashqi ishlar vaziri.
Finlyandiya tashqi ishlar vaziri Pekka Haavisto mamlakatning NATOga kirishi haqidagi hujjatni imzoladi. Finlyandiya tashkilotga qo‘shilgan 31-mamlakat bo‘ldi.
Turkiya parlamenti Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lishini bir ovozdan ma’qulladi. Shunday qilib, mamlakatning ittifoqqa qo‘shilishi tashkilotning barcha a’zolari tomonidan ma’qullandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting