Malayziya poytaxtida Osiyo Chempionlar ligasining nimchorak final bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘ldi. “Nasaf” mazkur bosqichda BAAning “Al Ayn” jamoasi bilan o‘ynasa, “Navbahor” Karim Benzema yetakchiligidagi “Al Ittihod”ga qarshi maydonga chiqadi.
Dushanba kuni O‘zbekistonning 3 ta klubi Osiyo Chempionlar ligasida o‘z ishtirokini boshladi. Ilk turda “OKMK” “Al-Ittihod”ga 3:0 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, “Nasaf” “Al-Faysaliy”ni minimal hisobda yutdi. “Navbahor” esa Neymar boshchiligidagi “Al-Hilol” bilan durang o‘ynadi.
O‘zbekistonning “Paxtakor”, “Nasaf”, “Navbahor” va AGMK futbol klublari OCHLning 2023/2024-yilgi mavsumi guruh bosqichidagi raqiblari nomini bilib oldi. AGMK tarkibiga Karim Benzemani qo‘shib olgan “Al-Ittihod” bilan, “Navbahor” esa Neymar bilan shartnoma tuzgan “Al-Hilol” bilan o‘ynaydigan bo‘ldi.
Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar ligasi (OCHL)ning 2023/2024-yilgi mavsumi guruh bosqichida O‘zbekistondan to‘rt jamoa — “Paxtakor”, “Nasaf”, “Navbahor” va OKMK ishtirok etadigan bo‘ldi. Qit’a klublarining eng nufuzli musobaqasi guruh bosqichida so‘nggi bor 2016-yili O‘zbekiston nomidan to‘rt jamoa qatnashgan edi
“Nasaf” uch karra O‘zbekiston Kubogi sohibiga aylandi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha “Navbahor” bilan tenglashib oldi. Ushbu jamoalar ayni vaqtda O‘zbekiston Superligasida ham chempionlik uchun asosiy da’vogarlardan bo‘lib turibdi.
«Navbahor»ning sobiq murabbiyi Andrey Kanchelskis noma’lum shaxslar unga tahdid qilib, klub to‘lashi kerak bo‘lgan 1,6 mln yevro kompensatsiyani kamaytirishni so‘rashganini ma’lum qildi. Klub bu «uydirma va bo‘hton» bo‘lishi mumkinligini ta’kidlab, holatni Xalqaro Sport arbitraj sudida «o‘zini oqlash uchun qilinayotgan bo‘lishi mumkin» deya ta’rifladi.
O‘FA hakamlar departamenti boshlig‘i Erkin Baxtiyorov «Navbahor» — «Paxtakor» uchrashuvida penalti belgilamaslik noto‘g‘ri ish bo‘lishini aytdi. «O‘yinda uchrashuv muhiti, undagi atmosfera, muxlislardan kelib chiqib penalti qo‘yilmaganida hakam o‘sha o‘yin uchun „2 baho olardi“ va chetlatilardi», — deydi u.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi «Navbahor» — «Paxtakor» futbol o‘yini vaqtida kelib chiqqan tartibsizliklar bo‘yicha o‘z qarorini e’lon qildi. Unga ko‘ra, ikkala jamoaning rasmiylariga intizomiy choralar ko‘riladi. «Navbahor» futbol klubi esa keyingi ikkita uy uchrashuvini muxlislarsiz o‘tkazadi.
“Navbahor” — “Paxtakor” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan o‘yindan so‘ng (1:2), namanganlik muxlislar hakamlarning o‘yinda chiqargan qarorlaridan norozi bo‘lib, tartibsizliklar yuzaga keltirishdi.
«Navbahor» futbol klubi muxlisini Jizzaxning «So‘g‘diyona» jamoasi bilan o‘yinidan so‘ng mashina urib yubordi. Fuqaro bir necha tan jarohatlari bilan vafot etdi.
«Navbahor» futbol klubi bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis koronavirusga chalinganligi va shifoxonalar bandligi sababli darhol shifoxonaga yota olmaganligi haqida ma’lum qildi. Kanchelskis bir necha kunni mehmonxonada o‘tkazib, keyin xususiy klinikaga statsionar sharoitda davolanish uchun yotqizilgan. Uning koronavirus bilan kasallanganligi 28 avgust kuni aniqlangan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting