«navoiy» tegli maqolalar


Navoiyda erini yog‘och bilan urib o‘ldirgan ayol 12 yilga qamaldi
4 dekabr 2024, 15:52

Navoiyda erini yog‘och bilan urib o‘ldirgan ayol 12 yilga qamaldi

Xatirchi tumanida erkak o‘zining ruhiy kasal qizi va shar’iy nikohida bo‘lgan xotini tomonidan qasddan o‘ldirildi. Sudda buni erining ruhiy va jismoniy tazyiqlaridan bezgani uchun qilganini aytgan ayol 12 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Yandex Go Navoiyda ish boshladi
3 dekabr 2024, 12:07

Yandex Go Navoiyda ish boshladi

Navoiy shahrida Yandex Go taksi xizmati yo‘lga qo‘yildi. Safarlarning minimal narxi 4000 so‘mdan boshlanadi.

Navoiyda Nexia va Exeed to‘qnashuvida ikki kishi halok bo‘ldi
11 noyabr 2024, 22:33

Navoiyda Nexia va Exeed to‘qnashuvida ikki kishi halok bo‘ldi

“Navoiy-Uchquduq” avtomobil yo‘lida ikki avtomobil ishtirokida halokatli YTH sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Nexia haydovchisi quvib o‘tish qoidasini buzgan, oqibatda qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan Exeed bilan to‘qnashgan.

“Bilim va hunaringiz kelajakda sizlarga qanot bo‘ladi” . Prezident — maktab o‘quvchilariga
31 oktabr 2024, 22:05

“Bilim va hunaringiz kelajakda sizlarga qanot bo‘ladi” . Prezident — maktab o‘quvchilariga

Navoiyga tashrif buyurgan prezident shaharning yangi mahallalaridan birida joylashgan 22-maktabni ko‘zdan kechirdi. Unda 10 dan ortiq to‘garaklar — amaliy san’at, mehmonxona xizmatlari, rassomchilik, suratkashlik, IT, robototexnika, shuningdek, harbiy vatanparvarlik guruhi tashkil etilgan.

Shavkat Mirziyoyev Navoiydagi vodorod peroksidi ishlab chiqariladigan korxona faoliyati bilan tanishdi
31 oktabr 2024, 14:33

Shavkat Mirziyoyev Navoiydagi vodorod peroksidi ishlab chiqariladigan korxona faoliyati bilan tanishdi

O‘zbekiston prezidenti Navoiy viloyatiga tashrifi avvalida Uzbekistan hydrogen peroxide qo‘shma korxonasi bilan tanishdi. U yerda vodorod peroksidi ishlab chiqariladi. Ishlab chiqariladigan mahsulot ichki ehtiyojni to‘liq qoplab, import o‘rnini to‘ldirishi kutilmoqda.

Navoiyda parranda fermasida mayning ferma tashkil etilgani aniqlandi
15 oktabr 2024, 15:18

Navoiyda parranda fermasida mayning ferma tashkil etilgani aniqlandi

Navoiy shahrida tovuq fermada mayning qurilmalarini o‘rnatib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan shaxs qo‘lga olindi. Unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Navoiyda 150 o‘rinli yangi o‘tov oromgohi foydalanishga topshirildi
30 avgust 2024, 12:57

Navoiyda 150 o‘rinli yangi o‘tov oromgohi foydalanishga topshirildi

Konimex tumanida O‘zbekistondagi ilk safari turizm klasteri ko‘rinishidagi o‘tov oromgohi ochildi. Unda sig‘imi 150 o‘ringa mo‘ljallangan 30 ta o‘tov mavjud bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida 500 nafar sayyohga xizmat ko‘rsatishi mumkin.

Yangi Navoiy shaharchasi va “Yangi O‘zbekiston” istirohat bog‘i qurilishi boshlandi. Tafsilotlar
26 avgust 2024, 15:03

Yangi Navoiy shaharchasi va “Yangi O‘zbekiston” istirohat bog‘i qurilishi boshlandi. Tafsilotlar

Navoiy viloyatida qariyb 1100 gektar maydonda turar joy va savdo binolari, universitetlar kampusi, kutubxona, sun’iy ko‘l va boshqalarni o‘z ichiga olgan Yangi Navoiy shaharchasi qurilishi boshlandi. Shuningdek, 50 gektar maydonda “Yangi O‘zbekiston” bog‘i tashkil etiladi.

Navoiy viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar va Piskent tumaniga hokim v.b. tayinlandi
13 aprel 2024, 10:15

Navoiy viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar va Piskent tumaniga hokim v.b. tayinlandi

Rustam Sulaymonov Navoiy viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Muzaffar Aripov esa Toshkent viloyatining Piskent tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

Navoiy shahridagi maktabning sport zalida o‘quvchilar sochi ommaviy kaltalandi. Bolalar ombudsmani “nomaqbul” harakatni qoraladi
23 fevral 2024, 14:41 1

Navoiy shahridagi maktabning sport zalida o‘quvchilar sochi ommaviy kaltalandi. Bolalar ombudsmani “nomaqbul” harakatni qoraladi

Navoiy shahridagi 2-maktabda o‘g‘il bolalar sport zaliga olib kirilib, sochlari oldirildi, bu direktorning tashabbusi bo‘lishi mumkin. MMTB boshlig‘i va bolalar ombudsmani bunday munosabatga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidladi. Milliy gvardiya esa ularning xodimlari jarayonni to‘xtatishga uringanini bildirdi.

Navoiyda ikkita mashina to‘qnashishi oqibatida ikki yo‘lovchi vafot etdi
15 yanvar 2024, 15:11

Navoiyda ikkita mashina to‘qnashishi oqibatida ikki yo‘lovchi vafot etdi

Navoiyda Volkswagen ID6 mashinasi qizil chiroqda to‘xtab turgan Matiz`ga kelib urildi. Oqibatda Matiz`ning orqa o‘rindig‘ida bo‘lgan 2 nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘ldi.

Navoiyda maktabga krossovkada borgan o‘quvchilar tanbeh eshitdi
15 dekabr 2023, 09:48

Navoiyda maktabga krossovkada borgan o‘quvchilar tanbeh eshitdi

Navoiy shahridagi 6-maktabda o‘qituvchi krossovkada kelgan bolalarga tanbeh berdi. Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi o‘quvchilarning ta’lim muassasasiga sport poyabzalida kelmasligi kerak, degan talab mavjud emasligini bildirdi.

Navoiyda “Mexrik” laqabi bilan tanilgan Mexriddin Allayorov va uning 9 nafar sherigi qo‘lga olindi
9 dekabr 2023, 10:54

Navoiyda “Mexrik” laqabi bilan tanilgan Mexriddin Allayorov va uning 9 nafar sherigi qo‘lga olindi

Navoiy viloyatida o‘tkazilayotgan reyd tadbirlarida jinoyatda gumonlanib “Mexrik” laqabi bilan tanilgan Mexriddin Allayorov va uning 9 nafar sheriklari ushlandi.

Navoiydagi YTH oqibatida 3 kishi vafot etdi
23 oktabr 2023, 15:54

Navoiydagi YTH oqibatida 3 kishi vafot etdi

Navoiy viloyati Tomdi tumanida Nexia-2 ag‘darilib ketishi oqibatida 3 kishi vafot etdi.

Navoiy viloyatida 4 nafar hokim intizomiy jazoga tortildi
27 avgust 2023, 10:24

Navoiy viloyatida 4 nafar hokim intizomiy jazoga tortildi

Navoiy viloyati hokimi farmoyishi bilan G‘ozg‘on shahri, Qiziltepa va Xatirchi tumanlari hokimlariga hayfsan berildi, Karmana tumani hokimiga jarima jazosi qo‘llanildi.

Navoiyda uyni saqlash uchun to‘lovlardan qarzi borlar elektrdan uziladi
25 avgust 2023, 11:50

Navoiyda uyni saqlash uchun to‘lovlardan qarzi borlar elektrdan uziladi

Navoiy shahrida ko‘p qavatli uyni saqlash bo‘yicha majburiy badal va to‘lovlardan qarzdorlik uchun kvartiralarni elektr energiyasidan uzib qo‘yish tajribasi joriy etiladi. Sinov butun O‘zbekiston bo‘ylab olib boriladimi-yo‘qmi, bu bo‘yicha ma’lumot keltirilmagan.

Navoiy viloyatida 600 ta yo‘rg‘a tuvaloq tabiatga qo‘yib yuborildi
31 iyul 2023, 11:43

Navoiy viloyatida 600 ta yo‘rg‘a tuvaloq tabiatga qo‘yib yuborildi

Uchquduq va Konimex tumanlarining cho‘l hududlariga 600 ta yo‘rg‘a tuvaloq qo‘yib yuborildi. Qushlar BAA moliyalashtiruvchi “Amirliklarning Yo‘rg‘a tuvaloqni asrash markazi” tomonidan yetishtirilgan. Qushlar O‘zbekiston qizil kitobiga kiritilgan.

Navoiyda “Yashil makon” doirasida ekilgan daraxtlarni o‘z holiga tashlab qo‘ygan 36 nafar mas’ul jazolandi
5 iyul 2023, 13:56

Navoiyda “Yashil makon” doirasida ekilgan daraxtlarni o‘z holiga tashlab qo‘ygan 36 nafar mas’ul jazolandi

Navoiy viloyatida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan ko‘chatlarni yaxshi parvarish qilmagan 10 ta tuman va shahardagi 36 nafar mas’ul shaxs 118,5 mln so‘m jarimaga tortildi.

Navoiyda mablag‘larni talon-toroj qilgan mansabdor yangi tayinlovdan bir kun o‘tib ishdan bo‘shatildi
23 iyun 2023, 10:11

Navoiyda mablag‘larni talon-toroj qilgan mansabdor yangi tayinlovdan bir kun o‘tib ishdan bo‘shatildi

21-iyun kuni Navoiy shahri hokimi 2021-yilda 1 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni talon-toroj qilgani uchun ishdan bo‘shatilgan Yusuf Tursunovni obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlagandi. OAV bunga e’tibor qaratganidan so‘ng 22-iyun kuni Tursunov “o‘z xohishiga ko‘ra” ishdan bo‘shatildi.

Navoiydagi savdo markazida yong‘in chiqdi
10 aprel 2023, 09:29

Navoiydagi savdo markazida yong‘in chiqdi

Karmana tumanidagi 3 qavatli qurilish mollari do‘konida yong‘in chiqdi. Uni o‘chirishga 14 ta qutqaruv ekipaji jalb qilinib, yong‘in qariyb 3 soatda bartaraf etildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting