“Navoiyuran” Xitoyning China Nuclear Uran kompaniyasi bilan birgalikda qora slanetsdan uran qazib olish niyatida. Xorijiy delegatsiya O‘zbekistondagi bir qancha uran konlarida o‘zlashtirish jarayonlari bilan tanishdi, konlardan namunalar olindi.
Prezident Navoiy va Olmaliq KMK, “O‘zmetkombinat” va “Navoiyuran”ni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. NKMK oltin zaxiralarini 1000 tonnaga oshirishni, OKMK mis ishlab chiqarishni 170 ming tonnaga yetkazishni, “O‘zmetkombinat” esa ishlab chiqarish tannarxini 20 foizga kamaytirishni reja qilmoqda.
2031 yilgacha O‘zbekistonda uran qazib olish hajmini ikki baravar — 2021 yildagi 3526 tonnadan 7100 tonnagacha oshirish rejalashtirilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting