Toshkent hayvonot bog‘ida 10 yashar bir yo‘lbars bor. Laqabi — Navro‘z. O‘zi moskvalik, 8 yildan beri Toshkentda yashaydi. Hayotning achchiq-chuchugini totgan, hatto bir “xotini” va bolasidan ham “ayrilgan”. Bir tishidan ham ayrilgan. Navro‘z o‘z hikoyasini “Gazeta.uz” bilan bo‘lishdi — uning odamlarga iltimosi bor.
Sumalak — o‘ziga xos marosimlari bor, pishirilishi oson bo‘lmagan taom. Shu bois qishloqlarda uni bir necha oila bir bo‘lib tayyorlaydi. Farzandlari o‘qishga kirishi, uyida gaz, yurtda esa tinchlik bo‘lishini niyat qilib, qozon kavlaydi. Xolida Musulmon navbatdagi fotohikoyasi — qishloqda tayyorlangan sumalak haqida.
Sharqda: “Xalqning hayot tarzini ko‘rmoqchimisan, bozorga bor”, deydilar. Shu bois “Gazeta.uz” Navro‘zni kutib olgani Toshkentning bosh bozori Chorsuga bordi. Bayram bahona bu yerga butun O‘zbekistondan sotuvchilar to‘plangan. Bayram qanday kutib olinganini va sotuvchilarning bayramona fikrlarini sizga yetkazamiz.
Qishloqlarda ko‘klamning kirib kelishi an’anaviy o‘yinlar bilan nishonlanadi. Ko‘pkari — shulardan biri. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Xolida Musulmon Jizzaxda ko‘pkariga borib, erkaklar nega uloq chopishi, g‘oliblarga qanday sovg‘alar berilishi va nega unda ayollar qatnashmasligi haqida hikoya tayyorladi.
Toshkent Fotosuratlar uyida “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z” nomli ko‘rgazma ochildi. Unda Navro‘z bayramiga oid Kinofotofono hujjatlari milliy arxivida saqlanayotgan va O‘zA taqdim etgan 120 dan ortiq fotosuratlar namoyishga qo‘yilgan. Ko‘rgazma 28-martgacha davom etadi.
Prezident Navro‘z bayrami munosabati bilan yo‘llagan tabrigida mamlakatdagi o‘zgarishlar, inson sha’ni va qadr-qimmati, tabiatga g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotgani, shuningdek, O‘zbekistonni tadbirkorlik uchun eng qulay va jozibador davlatlardan biriga aylantirish borasidagi rejalarni alohida ta’kidlab o‘tdi.
Navro‘z bayrami munosabati bilan Toshkentdan Nukus, Buxoro, Urganch, Farg‘ona va Namanganga qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.
Navro‘z bayrami arafasida Toshkentdan Samarqand va Qarshi shaharlariga “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha qatnovlari amalga oshiriladi.
O‘zbekistonda 2024-yilgi Navro‘z umumxalq bayramida barcha hududlarda, xususan, “Yangi O‘zbekiston” majmuasida alohida dastur asosida xalq sayillari tashkil etiladi. Bayram munosabati bilan respublikada umumxalq hasharlari o‘tkaziladi.
Navro‘z bayrami va Xalqaro teatr kuni munosabati bilan Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrida 22−24-mart kunlari ochiq eshiklar kuni bo‘ladi, kirish bepul. Tomoshabinlar italyan musiqasi kechasiga tashrif buyurishi va opera tinglashi mumkin.
Navro‘z — O‘zbekistonning umumxalq bayramlaridan. Ammo har doim ham bunday bo‘lmagan, bir davrda uni taqiqlamoqchi ham bo‘lishgan. «Gazeta.uz» asosiy Navro‘z tantanalari tashkilotchilari bilan milliy shodiyona taqiqlarni qanday yenggani va davlat darajasidagi ilk bayramlar qanday o‘tgani haqida suhbatlashdi.
Shanba kuni Kaspiy dengizidan bulutli massivlar kirib kela boshlaydi. Respublikaning aksariyat hududlarida havo harorati nisbatan pasayadi, biroz yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq ham bo‘lishi mumkin. Biroq 21 mart kuni harorat +25 darajaga ko‘tariladi.
Toshkent shahrida avtobuslar 19, 20, 21, 22 mart kunlari shanbalik, 25 mart kuni esa ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida harakatlanadi.
Prezident farmoni bilan Navro‘z bayramida haftasiga 5 kun ishlaydiganlar 5 kun, ya’ni 18−22 mart sanalarida, haftasiga 6 kun ishlaydiganlar 4 kun, ya’ni 19−22 mart sanalarida dam oladi. 23 martdan esa barcha yana ishga chiqadi.
Uzbekistan Airways Navro‘z bayrami munosabati bilan mahalliy aviaqatnovlar uchun 21% chegirma e’lon qildi. U 18 martdan 22 martgacha bo‘lgan sotuv davrida amal qiladi.
Ahrorbek G‘ulomovning «Ahrorbek dorboz» truppasiga O‘zbekistonning turli hududlaridan artistlar yig‘ilgan bo‘lib, olti yildirki akrobatlar va masxarabozlarning chiqishlari bilan tomoshabinlarni hayratga solib kelmoqda. Dasturning mag‘zi — dorbozlar. Ko‘chma sirk qanday yashaydi, artislar qadimgi an’analarini nima uchun saqlab kelmoqdalar va ushbu an’analar zamiriga dolzarb muammolar qanday qilib singdirilgan — «Gazeta.uz» muxbiri Madina A’zam fotoreportajida.
Navro‘z bayramini nishonlash ko‘p asrlardan beri an’anaga aylangan. Bahorni xalq sayillari, san’atkorlar hamda dorbozlarning chiqishlari bilan qarshi olish urf bo‘lgan. “Gazeta.uz” 1970−1990 yillardagi arxiv fotosuratlarini taqdim etadi.
O‘zbekistonning barcha hududlarida Navro‘z sayllari bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahridagi sayllardan biri — «Gazeta.uz» fotomuxbiri Madina A’zam fotosuratlarida.
Bayramona osh, ko‘k somsa, mol go‘shtidan antiqa taom, steykli salat, asalli qush tili, jem va bezeli pirog retseptlari — Zira.uz Navro‘z bayrami dasturxoni uchun oldindan puxta tayyorgarlik ko‘rishni tavsiya etadi.
Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritishni taklif qilgan Shavkat Mirziyoyev, 2025 yilgacha QQS va bojxona bojidan ozod qilingan import tibbiy jihozlar, ish vaqti soat 20:00 gacha uzaytirilgan poliklinikalar, Ohangaronda 20 ming dollar pora olayotganda ushlangan hokimlik xodimi, ayrim shifokorlarga belgilanadigan 100 foizgacha oylik ustama, Samarqand aeroporti ochilgani, Navro‘zda qor yog‘ishi va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 18 martdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting