O‘zmilliybank investitsiya kompaniyasi orqali developerlardan tijorat ko‘chmas mulklarini sotib oladi va xizmat ko‘rsatish sohasi uchun xizmat ipotekalarini joriy qiladi. Buning uchun 500 mlrd so‘m ajratilishi reja qilinmoqda. Prezident bankka 3 mln kishini ish bilan ta’minlash topshirig‘ini berdi.
Xizmatlarning qulayligi va ommabopligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Milliy banki endi dam olish kunlari ham ishlaydi - mamlakat bo‘ylab bir qator bo‘limlar soat 09:00 dan 17:00 gacha faoliyat ko‘rsatadi.
21-yanvar kuni O‘zmilliybank AJ Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YeTTB) O‘zbekistonda “yashil” moliyalashni rivojlantirishdagi yutuq va taraqqiyotga bag‘ishlangan tadbirida ishtirok etdi.
“O‘zmilliybank” AJ bank faoliyatining muvaffaqiyatli transformatsiyasi va diversifikatsiyasi tufayli Fitch Ratings tomonidan B+ barqarorlik reytingini oldi.
“O‘zmilliybank” AJning NBU Invest Group kompaniyasi va Turkiyaning Pala Golden Jewellery kompaniyasi o‘rtasida Buxoro shahrida zamonaviy zargarlik markazini tashkil qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Endi Ria Money Transfer bilan hamkorlik orqali Milliy ilovasida xorijga pul o‘tkazmalari mavjud.
O‘zbekiston tennis federatsiyasi va “O‘zmilliybank” AJning hamkorligi tufayli O‘zbekistonning istiqbolli yosh tennischilari Serbiyada o‘quv-mashg‘ulotlarida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Germaniya federal kansleri Olaf Sholsning O‘zbekistonga tashrifi doirasida “O‘zmilliybank” va Germaniyaning AKA Bank`i o‘rtasida kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun 100 million yevro miqdoridagi kredit liniyasi to‘g‘risida bitim imzolandi.
London fond birjasida “O‘zmilliybank” 27-iyun kuni 411 mln AQSh dollari miqdoridagi obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi.
25-iyun kuni bo‘lib o‘tgan 20-majlis doirasida “O‘zmilliybank” va Xitoy davlat taraqqiyot banki O‘MBga 2 mlrd yuan ajratuvchi bitimni imzoladi.
“O‘zmilliybank” AJ yuridik mijozlari endi bank mobil ilovasi orqali masofaviy hisobraqam ochish imkoniyatiga ega.
NBU Milliy mobil ilovasi yordamida valyutani istalgan vaqtda va hamyonbop kursda ayirboshlash, shuningdek bank terminallarida foizsiz naqd pul olish imkoniyati mavjud.
Solfy muddatli to‘lov kartasidan foydalanish orqali xaridlar uchun bank tomonidan ortiqcha foiz yoki komissiya olib qolinmaydi, faqat xarajat 12 oylik teng to‘lovlarga taqsimlanadi.
O‘zbekiston-Xitoy biznes-forum doirasida “O‘zmilliybank” va Xitoy davlat taraqqiyot banki o‘rtasida 1,18 mlrd yuan miqdorida kredit liniyasini jalb qilish to‘g‘risidagi kelishuv imzolandi.
Forbes Russia tomonidan e’lon qilingan O‘zbekistondagi eng ishonchli 10 ta bank reytingida NBU, Ipoteka bank, Sanoat qurilish bank peshqadam bo‘lishdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting