Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Habibulla Oqilov bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida o‘tgan Respublika maxsus komissiyasi yig‘ilishida niqob taqmaganlar jarimaga tortilmasligi, aksincha ogohlantirilishi ta’kidlanganini ma’lum qildi. «Yo‘lda to‘xtatgan militsiya, Milliy gvardiya xodimi o‘zi niqobni „iltimos shuni taqib oling“ deb beradi. Hech qanday jarima to‘g‘risida gap yo‘q», — dedi u.
Dunyo bo‘ylab o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari COVID-19 bilan kasallanish holatlari niqob taqish natijasida 53 foizgacha va jismoniy masofa saqlash orqali 25 foizgacha kamayishini ko‘rsatdi. Tadqiqotchilarning xulosasiga ko‘ra, niqob taqish, ijtimoiy masofalanish va qo‘llarni yuvish amaliyoti vaksinatsiya dasturlari bilan parallel ravishda davom ettirilishi zarur.
AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, mahkam jipslangan niqob yoki ikkita niqob taqish koronavirusdan himoyalanish darajasini sezilarli darajada oshirishi aniqlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting