Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Hujjatda budjet tizimi mablag‘laridan maqsadli foydalanishni ta’minlash tartibi ham belgilangan.
Hukumat qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat chegara zonasiga kirish-chiqish, undan o‘tish, u yerda bo‘lish hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
OAVni qo‘llab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish bo‘yicha 5 ta nizom tasdiqlandi. Ularda tanlovlar tashkil etish, OAV xodimlariga chet tillarni o‘rganish uchun imtiyoz berish kabilar ko‘zda tutilgan.
Endilikda nafaqat jismoniy shaxslar, balki yuridik shaxslar ham avtomobillarni qisqa muddatga ijaraga olishlari mumkin. Ijaraga berilgan transport tomonidan buzilgan yo‘l harakati qoidalarini esa onlayn tekshirish imkoniyati yaratildi.
Davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. 1 avgustgacha xususiy sektorga o‘tkazish tavsiya etilgan davlat funksiyalari ro‘yxati tuziladi. Ularning yagona reyestrini shakllantirish va yuritib borishga qaratilgan elektron maydoncha yaratiladi.
O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilishda davlat tili bo‘yicha imtihondan o‘tish talab qilinadi. Imtihonlar markazlar tomonidan to‘lov asosida amalga oshiriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting