Iqtisodiyot bo‘yicha 2024-yilgi Nobel mukofoti Daron Ajemo‘g‘li, Saymon Jonson va Jeyms Robinsonga berildi. Olimlar institutlar qanday shakllanishi va ularning farovonlikka ta’sirini o‘rganish yo‘nalishidagi ishlari uchun mukofotlandi.
2024-yilgi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti Yaponiyaning Xirosima va Nagasakiga tashlangan atom bombalaridan jabrlanganlarni birlashtirgan Nixon Hidankyo tashkilotiga topshirildi. Mukofot “yadro qurollaridan boshqa hech qachon foydalanmaslik kerakligini isbotlagani uchun” berildi.
Adabiyot bo‘yicha 2024-yilgi Nobel mukofoti janubiy koreyalik yozuvchi Xan Gangga tarixiy jarohatlarga qarshi kurashadigan va inson hayotining nozikligini ochib beradigan ta’sirli she’riy nasri uchun berildi.
Devid Beyker, Demis Xassabis va Jon Jumper 2024-yilgi kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari bo‘ldi. Olimlarga mukofot sun’iy intellektdan foydalanib, oqsillar tuzilishini aniqlagani va yangi turlarini yaratishdagi ishlari uchun taqdim qilindi.
Fizika bo‘yicha 2024-yilgi Nobel mukofoti sun’iy neyron tarmoqlaridan foydalangan holda mashinali o‘qitishni ta’minlaydigan asosiy kashfiyotlar va ixtirolar uchun Jon Xopfild va Jeffri Xintonga berildi.
Tibbiyot va fiziologiya bo‘yicha Nobel mukofoti genlar faoliyatini boshqaruvchi mikroRNK molekulalarini kashf etgan Viktor Ambros va Gari Ruvkunga berildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting