Gruziyada 5 kundan beri hukumatning YeIga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatish qaroriga qarshi norozilik namoyishlari davom etmoqda. Politsiya suv va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llamoqda, namoyishchilar bunga javoban barrikadalar qurib, mushak otmoqda. Bunda jami 200 dan ortiq kishi qo‘lga olindi.
Gruziya parlamenti mamlakat prezidenti Salome Zurabishvilining “xorijiy agentlar to‘g‘risida”gi rezonansli qonunga qo‘ygan vetosini chetlab o‘tdi. Hukmron partiya ommaviy noroziliklarga qaramay, hujjatni qabul qildi. Yevropa Ittifoqi bundan “chuqur afsusdaligini” bildirdi.
AQSh Davlat departamenti bahslarga sabab bo‘lgan “xorijiy agentlar to‘g‘risida”gi qonunga javoban Gruziyadagi “demokratiyaga putur yetkazish”da aybdor bo‘lganlarga nisbatan viza cheklovlarini joriy qilmoqda. Gruziyadagi muxolifat va mahalliy OAV bu hujjat Rossiya qonunchiligiga o‘xshash ekanidan norozi.
Minglab odamlar Gruziya parlamenti binosi yaqiniga “xorijiy agentlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasiga norozilik bildirish maqsadida yig‘ildi. Ularning fikricha, qonun Rossiyaning xorijiy agentlar haqidagi qonuniga o‘xshash. Hujjat o‘tgan yili muhokamaga qo‘yilgan, biroq namoyishlardan so‘ng qaytarib olingandi.
Tojikiston IIV namoyishlar bo‘lib o‘tgan Tog‘li Badaxshonda bir kishi vafot etgani, 13 nafar harbiy jarohatlanganini ma’lum qildi. Rasmiylar voqeani «jinoiy guruhning jamoat xavfsizligini buzish va aholini qo‘rqitish maqsadida» uyushtirgan provokatsiyasi sifatida baholadi. OAV esa jurnalistlarga bosim va hujumlar haqida xabar bermoqda. Ehtimoliy tashkilotchilarga nisbatan esa jinoyat ishi ochildi.
Transformatorning buzilishi natijasida elektr energiyasidan uzilib qolgan muzrabotliklar norozilik sifatida ko‘chada balon yoqishdi. Xozirda muammo bartaraf etilgan.
Toshkentning Uchtepa tumani yashovchilari uchta mahallani Toshkent viloyatining Zangiota tumani tarkibiga o‘tkazishga qarshi chiqdi. Tuman hokimi Farhod Abdullayev ular bilan uchrashuvda poytaxt va viloyat chegaralarining o‘zgarishi hozirda loyiha ekanini ta’kidlab, ushbu masalani shahar hokimi bilan muhokama qilishga va’da berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting