Nukus shahridagi xususiy bog‘chada tarbiyachi va uning yordamchisi bolalarni kaltakladi. Qoraqalpog‘iston prokuraturasiga ko‘ra, holat noyabrda bo‘lgan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Nukus shahridagi FVVga qarashli harbiy qismda bir yillik xizmatni o‘tayotgan 19 yoshli askar 5 kishini pichoqladi. Oqibatda ulardan biri vafot etdi, qolganlariga shifoxonada tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Ish Harbiy prokuratura yurituviga olindi.
Hukumat qarori bilan Nukus shahrining bosh rejasi tasdiqlandi. Hujjatda shaharning bosh rejasi loyihasining asosiy yechimlari va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari ham belgilangan.
Nukusda rossiyalik jurnalist Aleksey Pivovarov suratga olish guruhi bilan qo‘lga olindi. Bunga uning akkreditatsiyadan o‘tmasdan ish olib borgani sabab bo‘ldi. Pivovarovning o‘zi keyinroq ularni qo‘yib yuborishganini yozdi: “Hammasi yaxshi!”
Shavkat Mirziyoyevga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonda biznes qilishning boshqa hududlarga nisbatan 3 ta ustunligi bor: imtiyozlar paketi ko‘pligi, yer ajratishning sodda tizimi, katta bozorlarga chiqish uchun qulaylik. U shuning uchun 2024-yilgi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot mazkur hududda o‘tkazilayotganini aytdi.
Prezidentga Qoraqalpog‘istonda amalga oshirilishi reja qilingan investitsiya loyihalari taqdim etildi. Saudiya Arabistoni bilan Nukus shahrida issiqlik ta’minoti tizimini yaxshilash, Ispaniya bilan quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish hamda Germaniya bilan misni qayta ishlash loyihalari rejalashtirilmoqda.
Uzbekistan Airways 3-iyundan boshlab Nukus-Istanbul-Nukus yo‘nalishida aviareyslarni yo‘lga qo‘yishini ma’lum qildi. Qatnovlar haftaning har dushanba kuni amalga oshiriladi.
Nukus shahrining “Gulzor” mahallasida aholi noroziligiga qaramay, futbol maydonchasi o‘rnida turar joy binosi qurilishi boshlandi. O‘tgan yili shahar hokimligi ushbu mahallani namuna sifatida ko‘rsatgandi.
Aprel oyidan Nukusdan Istanbulga parvozlar yo‘lga qo‘yilishi reja qilinmoqda. Shuningdek, bitta L-410 samolyoti Qoraqalpog‘istonga ichki reyslar uchun ajratiladi.
Nukus shahrida 2 kishi noma’lum etiologiyali moddadan zaharlandi. Ulardan biri shifoxonada vafot etdi. Holatni hokim o‘rinbosari boshchiligidagi komissiya tekshirmoqda.
Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Abatbay Daniyarov Nukusning yangi hokimi bo‘ldi. U Utemurat Panayev o‘rniga mazkur lavozimni egalladi.
Qoraqalpog‘iston poytaxti Nukus shahrida Yandex Go taksi agregatori ishga tushdi. Bu O‘zbekistonning xizmat kirib borgan to‘qqizinchi shahri hisoblanadi.
Nukusda 27 yoshli ayol ko‘p qavatli uyning 4-qavatidan qulashi oqibatida halok bo‘ldi. Ayolning ruhiyatiga o‘tgan yilning sentabrida egizak chaqaloqlaridan ayrilgani salbiy ta’sir ko‘rsatgani aytilmoqda.
Nukus shahridagi 4 qavatli uyda gaz portlashidan so‘ng vayronalar ostidan qutqarib olingan 5 yoshli qizcha 8 mart kuni shifoxonada vafot etdi. Qizchaning otasi ushbu baxtsiz hodisa oqibatida onasi, turmush o‘rtog‘i va ikki farzandidan ayrildi.
Nukusda ikki bola kemiruvchilarga qarshi doridan zaharlanib, shifoxonaga yotqizildi. Biroq ulardan biri reanimatsion chora-tadbirlarga qaramay vafot etdi. Ijtimoiy tarmoqlarda bu holat tez tayyorlanadigan lapsha mahsulotidan zaharlanish deya tarqalgandi.
Nukus shahridagi ko‘p qavatli uy portlashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 5 nafarga yetdi. Avvalroq 5 yoshli qizaloq qutqarilib, shifoxonaga olib ketilgandi. Holat yuzasidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
«Gazeta.uz» qutqaruv ishlari davomida Nukusdagi uy vayronalari ostidan jasadi topilgan erkakning shaxsini aniqladi. U Salamat Raziyev bo‘lib, portlash sodir bo‘lgan kvartiraning pastki qavatida yashagan.
Nukus shahridagi gaz portlagan 4 qavatli uy vayronalaridan bir nafar fuqaro jasadi topildi va 5 yoshli qiz qutqarib qolindi. Uyda yashovchi boshqa fuqarolar evakuatsiya qilinib, vaqtinchalik uy-joy bilan ta’minlandi.
Prezident Nukusgacha bo‘lgan temir yo‘lni elektrlashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Buning natijasida Toshkent bilan Nukus o‘rtasidagi qatnov vaqti 7 soatgacha qisqarishi kerak. Ma’lum qilinishicha, tezyurar elektr poyezdi Urganchga 6 soatda yetib boradi (ilgari 8 soat deyilgandi).
Buxoroda Nukus voqealari bo‘yicha sudning birinchi kuni yakuniga yetdi. Prokuratura 22 gumonlanuvchiga nisbatan ayblovlarni o‘qib eshittirdi. Tajimuratov Qoraqalpog‘istonda hokimiyatni egallashga urinishda, Kallixanova tartibsizliklarga da’vat qilishda, Turdanov esa Jo‘qorg‘i Kenges binosini egallashda ayblanmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting