Endilikda har oy mahallalardagi faol uch nafar nuroniyga 577,5 ming so‘m pul beriladi. Buning uchun ular oilalarni kambag‘allikdan chiqarishi, farzandlarini ta’lim olishga ko‘maklashishi va piyoda yurishni targ‘ib qilishi kerak. Keksalarni sportga jalb qilish uchun mahallalarga yiliga 10 mln so‘m ajratiladi.
Fevral oyida Turkiyada ro‘y bergan zilzilalarda jabr ko‘rgan bir guruh nuroniylarning 30 nafari O‘zbekistonga keldi. Ular bir hafta davomida mamlakat bo‘ylab sayohat qiladi. Bu tashabbus Shavkat Mirziyoyevning Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdan tashqari sammitida ilgari surilgandi.
«Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul» tamoyiliga muvofiq yoshlar har bir mahalladagi faol nuroniylarga biriktiriladi. Shuningdek, faol keksalar muammoli oilalar bilan shug‘ullanadi. Ishida ijobiy natija ko‘rsatgan nuroniylar rag‘batlantiriladi.
Prezident qaroriga muvofiq, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi keksalar bilan yanada faol hamkorlik qiladi. Bunda «tarbiyasi og‘ir» yoshlar bilan muloqotda bo‘lganlarga «Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul» tamoyiliga muvofiq moddiy yordam ko‘rsatiladi.
Sharoiti og‘ir va kam ta’minlangan keksalarning dori vositalari, tibbiy va maxsus protez-ortopediya moslamalari olib beriladi hamda jarrohlik amaliyotlarining xarajatlari qoplanadi. Shuningdek, og‘ir kasallikka chalingan yoki nogironligi bor keksalarning dori-darmonlarining 50 foizgacha bo‘lgan summasi koplab beriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting