1 yanvar kuni «Buxoro-Toshkent» yo‘nalishidagi Afrosiyob poyezdi Toshkent viloyati hududida ikki soatga to‘xtab qoldi. Yo‘lovchilar uchun boshqa tarkib jo‘natildi. Yo‘lovchilarga chipta pullari qaytarib beriladi.
Qozog‘istonga tegishli kompaniya Afg‘onistondagi Hayraton — Mozori Sharif temir yo‘lini boshqarish huquqiga ega chiqdi. Uning boshqaruvi 2011 yildan beri «O‘zbekiston temir yo‘llari» sho‘ba korxonasida edi. Yangi kompaniya avvalgidan 5 baravar uzunroq liniyaga deyarli 4 baravar arzonroqqa xizmat qiladi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati 8 ta yangi yo‘nalishda temiryo‘l qatnovini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Shu munosabat bilan tashkilot 34 ta zamonaviy elektropoyezd sotib olish bo‘yicha xalqaro tender e’lon qildi.
Prezident «O‘zbekiston temir yo‘llari» raisi Husnutdin Hosilovni 3 oyda tizimida o‘zgarish qilmasa, ishdan olinishi haqida ogohlantirdi. Mutasaddilarga vodiy viloyatlaridan Toshkent, Nukus, Buxoro, Urganch shaharlariga har kuni aviareyslarni yo‘lga qo‘yish vazifasini topshirdi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» Tojikiston va Rossiyaga poyezdlar qatnovini boshlash sanalarini ma’lum qildi. 20 iyundan «Dushanbe — Toshkent — Dushanbe», 23 iyundan «Toshkent — Samara — Toshkent» yo‘nalishida poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” Qamchiq dovonida sodir bo‘lgan sel oqibatida ketma-ket ikkinchi kun Farg‘ona vodiysiga harakatlanuvchi poyezdlar qatnovi to‘xtatilganini ma’lum qildi. 6 mayga mo‘ljallangan chiptalar puli yo‘lovchilarga 100 foiz qaytarib beriladi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi korxonasi «Hayraton — Mozori-Sharif» temir yo‘l liniyasini boshqarish huquqidan mahrum bo‘lishi mumkin. Afg‘onistonda operatsion shartnomalarni qayta ko‘rib chiqish hamda boshqaruvni hukumat xizmatlari ancha arzon bo‘lishini kutayotgan mahalliy kompaniyalarga topshirish rejalashtirilmoqda.
2 maydan boshlab Toshkent va Olmaota o‘rtasida yo‘lovchi poyezd harakati yo‘lga qo‘yiladi. Reyslar haftasiga uch martadan amalga oshiriladi.
Temiryo‘l kassalari oldida yuzaga kelgan navbatlar va tartibsizliklar ortidan — Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 11 yanvargacha xarid qilingan chiptalarni almashtirish muddati ham 24 yanvarga qadar uzaytirilganini ma’lum qildi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» esa «chipta almashtirish uchun qo‘shimcha to‘lovlar olinmasligi va qo‘shimcha poyezdlar ham yo‘lga qo‘yilishini» qayd etdi.
O‘zbekiston temir yo‘llari Samarqandda 31 dekabr kuni foydalanishga topshirilgan avtomobil-tramvay tunneli devorlaridan suv sizib chiqayotganiga izoh berdi. Ta’kidlanishicha, bu lotoklar tiqilishi oqibatida yuzaga kelgan. «Tunnel devorlari orasidan suv o‘tishi yo‘l o‘tkazgichning konstruktiv elementlari mustahkamligiga salbiy ta’sir etmaydi», — deyiladi xabarda.
Turli hududlardan Toshkentda tahsil oluvchi talabalar Yangi yil ta’tilidan oldin uylariga samolyot, poyezd, avtobus va yengil mashinalarda yetib olishadi. «Gazeta.uz» Toshkentdan O‘zbekistonning olis hududlaridan bo‘lmish Nukus, Urganch, Qarshi, Termiz, Buxoro va Farg‘ona shaharlariga qaysi transport turlariga chiptalar qolganligi va taksilar narxi qanchagacha oshishi mumkinligini o‘rgandi.
27 dekabrdan 9 yanvargacha «Toshkent — Buxoro — Toshkent» yo‘nalishida Afrosiyob qatnovi yana bittaga ko‘payadi. Bundan tashqari, bayram kunlari barcha yo‘lovchi poyezdlarga qo‘shimcha vagonlar ulanadi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» pandemiya davrida Rossiyada qolib ketgan O‘zbekiston fuqarolarining mamlakatga kelishi uchun 5 ta maxsus poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yadi. Reyslar 15, 19, 22, 26, 29 noyabr kunlari «Voljskiy-Toshkent» yo‘nalishida amalga oshiriladi.
Seshanba kuni Rossiyadan Toshkent metropoliteni uchun keltirilgan yangi 20 ta vagonlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» ma’lumotiga ko‘ra, mazkur metro vagonlari yangi texnik yechimlarga ega bo‘lib, elektr energiyasini 35 foizgacha tejaydi. Shuningdek, uchinchi avloddagi asinxron tortuvchi dvigatelining qo‘llanilishi ekspluatatsion xarajatlarni 40 foizgacha qisqartiradi.
Rossiyada qolib ketgan fuqarolarni qaytarish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan “Voljskiy-Toshkent” yo‘nalishida 4 ta maxsus reys yo‘lga qo‘yiladi. Poyezdlar 22, 25, 29 oktabr hamda 1 noyabr kunlari “Voljskiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatini amalga oshiradi.
1 oktabr kuni O‘zbekistonga Ispaniyaning Bilbao shahridan jo‘natilgan “Afrosiyob” poyezdi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan temir yo‘l orqali olib kelindi.
Poytaxt metrosining barcha liniyalari 30 avgustdan boshlab soat 05:00 dan 00:00 gacha ishlaydi. Shuningdek, metro yo‘nalishlarida kunning ayrim vaqtlarida poyezdlar qatnovi bo‘yicha yangi jadval joriy etiladi.
O‘zbekistonliklarni Voljskiy va Tolyattidan (Rossiya) olib chiqish uchun 27 va 30 avgust kunlari ikkita maxsus poyezd reysi yo‘lga qo‘yiladi.
Shavkat Mirziyoyev temir yo‘l yuklarini tashish sohasidagi monopoliyani tanqid qildi va xususiy logistika operatorlari o‘zining vagonlari bilan faoliyatini boshlashini ma’lum qildi. Prezident «O‘zbekiston temir yo‘llari» raisiga monopoliyani bartaraf etish to‘g‘risida topshiriq berdi. «Kerak bo‘lsa, o‘zing tashkillashtirasan, o‘zing kredit olasan, o‘zing banklarga yalinasan», — dedi u monopol kompaniya rahbariga yuzlanib.
24 iyul kuni O‘zbekistonga Ispaniyaning Bilbao shahridan jo‘natilgan «Afrosiyob» poyezdi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida vagonlari yig‘ilib, yaxlit holatga keltirilganidan so‘ng, temir yo‘l orqali olib kelindi. Avvalroq, poyezd 2 ta lokomotiv va 11 ta vagondan iborat ekanligi e’lon qilingan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting