O‘zgidromet va Meteoinfokom xodimlari maoshi ikki baravarga oshiriladi. Sohada uzoq muddat xizmat qilgan xodimlarga oylik ustama to‘lanadi. Hozirga qadar ular o‘rtacha 800 ming so‘mdan 1,3 mln so‘mgacha haq to‘lab kelinayotgan edi.
«O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan gidrometeorolog» unvonini ta’sis etish belgilanmoqda. Bundan tashqari, ikkita O‘zgidromet bosh direktori lavozimi joriy qilinadi.
Prezident qarori bilan 2021−2022 o‘quv yilidan O‘zbekiston Milliy universitetida Gidrometeorologiya fakulteti tashkil etiladi. Rossiya va boshqa xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi.
O‘zgidromet 12−13 noyabrda Qamchiq dovonida kuchli qor yog‘ishi va tuman tushishi haqida xabar berdi.
Prezident O‘zgidromet tizimi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Unda soha xodimlari oyligi oshirilib, ustama to‘lash tizimi joriy etilishi ta’kidlandi. Avvalroq O‘zgidromet tizimga e’tibor yo‘qligidan shikoyat qilgan edi.
Gidrometeorologiya xizmati tizimning isloh qilinmayotgani, darhol hal qilinishi lozim bo‘lgan muammolar mavjudligi, xususan, oyliklar pastligi sababli oliy ma’lumotli va ko‘p yillik tajribaga ega xodimlarning boshqa sohalarga o‘tib ketayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, O‘zgidrometning vazifasi faqatgina ob-havo ma’lumotlarini berishdan iborat emasligi aytib o‘tildi.
Bu yil oktyabr oyi quruq ob-havo bilan boshlanadi, havo harorati kechasi +5… +10 daraja, kunduzi +25 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda. Kuzning ikkinchi oyi prognozi O‘zgidromet sharhida.
«Yergeodezkadastr» davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Sherzod Xabibullayev O‘zgidrometning yangi rahbari bo‘ldi.
Kelgusi kunlarda Volga mintaqasidagi sovuq havoning Markaziy Osiyo tomon yo‘nalishi sabab havoning biroz sovishi kutilmoqda. Ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Sentyabrda ob-havo ko‘p yillik o‘rtacha ko‘rsatkichlarga yaqin bo‘ladi, deya ma’lum qildi O‘zgidromet. Ayrim hududlardagina qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘ishi mumkin.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi 26−27- avgust kunlari tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfidan ogohlantirdi.
Dam olish kunlari tog‘ va tog‘oldi hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Qolgan hududlarda havo harorati bir xil me’yorda — kunduzi 30−35 darajagacha issiq bo‘ladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting