O‘zbekistonda o‘zboshimchalik bilan betonlashtirish va tuproq bilan qoplangan turar joy massivlari hududida qurilmalar o‘rnatganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi. Ko‘p qavatli uylarni qurishda oqova, yomg‘ir va texnik suvlar bilan sug‘orish tizimlarini o‘rnatish majburiy bo‘ladi.
Toshkentda 15-apreldan boshlab tuman obodonlashtirish boshqarmalarining ko‘chalarni tozalash, ko‘kalamzorlashtirish va yo‘llarga xizmat ko‘rsatish vazifalari auksion orqali xususiy sheriklarga o‘tkaziladi. Viloyatlarda daraxt ekish, ariq tozalash va ko‘chalarni yoritish ishlari chiqindi korxonalariga beriladi.
Toshkent viloyatidagi 34 gektar yer 30 yil muddatga obodonlashtirish boshqarmalariga beriladi. Har 1 gektar uchun mahalliy budjetdan 100 mln so‘m ajratilib, tomchilatib sug‘orish tizimi joriy etiladi. Yer tayyor qilinib, daraxt ekish xohishi bor aholiga o‘zi istagan turdagi ko‘chatni ekishi uchun sharoit yaratiladi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi “Dilbuloq” mahallasida bo‘lib, mahalla “yettiligi” va aholi tomonidan tashkil etilgan korxonalar faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, fuqarolarni yaqinlashib kelayotgan Navro‘z bayrami bilan tabrikladi. Foto.
Poytaxt hokimligi 2022-yili Istirohat ko‘chasidagi xiyobonda obodonlashtirish ishlarini boshlagandi. Yetti oyda yashil hududning yarmida bolalar va sport maydonchalari, piyodalar yo‘lkalari va chiroqlar paydo bo‘ldi. Biroq ko‘chaning qolgan qismi chiqindi omboriga aylandi. Aholi ishni oxiriga yetkazishni so‘ramoqda.
O‘zbekistonda 25-oktabrdan 1-dekabrgacha kuzgi daraxt ekish mavsumi doirasida 85 mln tup ko‘chat ekish rejalashtirilmoqda. Prezident bu borada avval yo‘l qo‘yilgan xatolarni takrorlamaslik shart ekanini ta’kidladi. U obodonlashtirish bo‘limlarini xususiy sektorga o‘tkazish bo‘yicha tajriba o‘tkazishni ma’qulladi.
Toshkent shahri kengashi deputatlari poytaxtda mavsumiy gul ekish uchun 12 milliard so‘m ajratish to‘g‘risidagi qarorni ma’qulladi.
Toshkent shahar hokimi poytaxt Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshqaruvchisi Anvar Umarovga boshqarma «balansida bo‘lgan texniklardan samarali foydalanmagani va ishda yo‘l qo‘yayotgan kamchiliklari» uchun hayfsan berdi.
Qashqadaryoda ko‘p qavatli uylarni obodonlashtirish uchun ajratilgan 573,2 mln so‘m mablag‘ talon-toroj qilingani aniqlandi. Gumonlanuvchilar bu mablag‘ni bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali o‘zlashtirgan. Ularga nisbatan tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Shavkat Mirziyoyev xalqning puli samarasiz sarflanayotgani, hali o‘g‘riliklar va korrupsiya ko‘pligini ta’kidladi. U poytaxt mahallalarini asfaltlashtirishni misol qilib keltirdi. «Yo‘llarga katta qilib yarim metrli bordyur qilyapti. Baraka topgur, mashinalar poyga o‘ynaydimi, buncha katta qilib, bordyur qilib nima qilasan?» — dedi prezident. Toshkentliklar bir necha oylardan buyon shu kabi bordyurlardan shikoyat qilib kelmoqda.
Bosh prokuratura obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumani prokurori uyida majburiy mehnatga jalb qilingani to‘g‘risidagi xabarni tekshirmoqda. Viloyat prokuraturasi uch nafar xodim o‘z xohishi bilan ishlaganini ma’lum qildi.
«Jizzaxliklar» Telegram-kanalida Jizzax shahridagi Olmazor mahallasida daydi itlar ko‘payib ketgani haqida murojaat e’lon qilingan. Shundan so‘ng, Obodonlashtirish boshqarmasi «it ovlov brigadasi» tomonidan 7 ta it otib o‘ldirilgani aytilmoqda.
Deputat Nodir Abduvaliyev Toshkent aholisi mahallalarni obodonlatirish borasida bekorda shikoyat qilmayotganini ma’lum qildi. Uning fikricha, ayrim holatlarda qurilish ishlaridan keyin «mahallalar bor fayzu tarovatidan mahrum bo‘lmoqda».
Toshkentda mahallalarni obodonlashtirishning yangi to‘lqini boshlandi. Aholi to‘siqlarni kelishilmagan holda demontaj qilinayotgani va uyga tutash gulzorlarni buzib tashlanayotganidan shikoyat qilmoqda. «Gazeta.uz» hovlilar qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi lozimligi borasida rasmiylar fikri va shahar aholisining bunga munosobatini o‘rgandi. Shuningdek, biz shaharshunos Arkadiy Gershman bilan suhbatlashdik, u nima uchun namunaviy obodonlashtirish xato ekanligini va nima uchun qarorlarni hukumat emas, balki aholi qabul qilishi kerakligi haqida gapirdi.
Toshkent shahar hokimligi poytaxtdagi Navoiy, Nukus va Shota Rustaveli ko‘chalarida 300 ga yaqin bino fasadlarini ta’mirlamoqda. «Gazeta.uz» loyiha tafsilotlarini va ko‘p qavatli uylarda istiqomat qilayotgan aholi fikrini o‘rgandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting