Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikni ta’minlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan majburiyatlarga rioya etilishini masofadan monitoring qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Viskonsin universiteti professori Feliks Elvert “Gazeta.uz"ga bergan intervyusida oila dinamikasi, demografiya, ma’lumotlar ochiqligi masalasi bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi. “Biz kabi tadqiqotchilar O‘zbekistonga kelib, oxir-oqibat Fransiya haqida tadqiqot qilishga majbur bo‘lishini istamaymiz”, deydi u.
“Baxti Tashkentskiy” va 36 nafar ayblanuvchi bo‘yicha boshlangan sud majlisini yoritayotgan “Daryo” jurnalisti Otabek Qo‘ldoshev IIBga chaqirildi. Jurnalist shikoyat arizasi bilan tanishtirilmay, tushuntirish xati yozdirib olingan. Uning ustidan sudga raislik qilayotgan sudya shikoyat qilgani aytilmoqda.
Antikorrupsiya agentligi 93 ta vazirlik, idora va hokimlikda e’lon qilinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarning faqat 52 foizi ochiqlanayotganini aniqladi. Aksariyat hollarda budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar xarajatlariga oid ma’lumotlar bo‘yicha jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan.
«Gazeta.uz» prezident matbuot xizmati fotosuratlarida taqdimot slaydlari xiralashtirilayotganiga e’tibor qaratdi. Taqdimot suratlari tufayli jurnalistlar muhim loyihalar haqidagi xabarlarni to‘ldirish imkoniga ega bo‘lishardi. UPD: Prezident matbuot kotibi vaziyat o‘nglanishini ma’lum qildi.
Yuqori palata raisi jurnalistlar bilan uchrashuvda davlat idoralari 100 foiz ochildi deb ayta olmasligi, ularning voqea va hodisalar yuzasidan darhol munosabat bildirishi talab darajasida emasligini qayd etdi. «Ijro organi hech qachon o‘z aybini o‘zi aytmaydi. Shuning uchun, parlament nazorati organi sifatida bizda yangi qo‘mita tashkil qilindi», — dedi u.
Prezident farmoni bilan Qonunchilik palatasida deputatning har bir qonun (qaror) loyihasini qabul qilish yoki rad etishdagi, senatorning har bir qonunni (qarorni) ma’qullash yoki rad etishdagi ishtiroki to‘g‘risidagi ma’lumotlar ochiqlanib borishi tavsiya etilmoqda.
Prezident farmoni bilan davlat organlari va tashkilotlari ochiqlashi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxati tasdiqlandi. To‘liq ro‘yxat.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting