Rossiyaning Sverdlovsk viloyatida mushkul ahvolda qolgan ayol va uning to‘rt nafar farzandi O‘zbekistonga qaytarildi. Ayol turmush o‘rtog‘i va bolalari bilan sentabrda vaqtincha ishlash maqsadida Sverdlovskka borgan. Biroq erkak noqonuniy migratsiya sabab qo‘lga olingan.
Bola tarbiyasi nozik masala — go‘yoki bir umrlik imtihon. Musofirchilikda, begona muhit va o‘zga madaniyat ichida farzand tarbiyalash esa ikki karra mashaqqat. “Gazeta.uz” ko‘p yillardan beri xorijda yashab, bolalarini hayotga tayyorlayotgan o‘zbekistonlik ota-onalar tajribasini jamladi.
UNICEF O‘zbekistonda ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlaridan xavotirda: ayrim hodisalar, jumladan, go‘daklar bilan bog‘liq bo‘lganlari jamoatchilik ko‘z oldida va kuzatuvchilar ishtirokida sodir bo‘lmoqda. Tashkilot ijtimoiy ishchilar institutini tashkil etish kerakligini aytdi.
Joriy yil boshidan beri mamlakatda jami 143 555 ta nikoh qayd etildi. Shundan 1272 tasida o‘zbekistonlik qizlar xorijliklarga turmushga chiqqan. Ularning 207 nafari Rossiya, 148 nafari Qozog‘iston, 106 nafari Turkiya, 42 nafari Koreya Respublikasi, 13 nafari AQSh va boshqa mamlakatlar fuqarolari bilan oila qurgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting