OIV tashxisi qo‘yilgan kishilar o‘z vaqtida davolansa, hamma qatori yashashi, orzulariga erishishi mumkin. “Iroda” loyihasining Butunjahon OITSga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan maqolasi qahramoni, o‘zining OIV statusini omma oldida ochiqlagan ilk o‘zbekistonlik qiz — Azima Yodgorovaning hayoti bunga yorqin misol.
Jizzax viloyatida OIV bilan kasallangan ikki shaxs qasddan boshqalar bilan jinsiy yaqinlik qilgani aniqlandi. Ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Yarim yil davomida Toshkent viloyatida OIV infeksiyasi bilan kasallangan shaxslar infeksiyani qasddan o‘zga shaxsga yuqtirish bilan bog‘liq 20 ta holat aniqlandi, deya xabar qilmoqda viloyat IIBB.
O‘zbekistonda OIV kasalligi bilan bugungi kunda 48 mingdan ortiq shaxs yashab kelmoqda. So‘nggi 10 yillikda ko‘rsatkichlarda pasayish bo‘lsa-da, 2020-yildan buyon kasallikka chalinish soni ketma-ket oshib bormoqda.
O‘zbekistonda 45 mingdan ortiq shaxs OIV kasalligi bilan yashab kelmoqda. O‘tgan yilda infeksiyaga tekshiruvlar soni 700 mingdan 3,5 millionga yoki 5 barobarga ortgan.
O‘zbekistonda 2027 yilga borib OIV yuqtirib olgan shaxslarning 95 foizi o‘z maqomini bilishi, maxsus davolash kurslari bilan qamrab olinishi, 95 foizining qonida virus yuklamasi aniqlanmaydigan darajaga tushishi rejalashtirilmoqda. Shu vaqtga kelib, OIVning onadan bolaga yuqishiga barham berish ham ko‘zda tutilgan.
IIV OIV/OITS bilan kasallanganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni majburiy tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish tartibini belgilashni taklif qilmoqda. «Xavfli guruh» qatoridagilar va ular bilan aloqada bo‘lgan shaxslar ushbu toifaga kirishi mumkin.
«Chegarasiz shifokorlar» va OITSga qarshi kurashish markazi OIV, Gepatit S va teri-tanosil kasalliklari tashxisi uchun mobil laboratoriyani ishga tushirdi. U Toshkent shahri va viloyatida faoliyat ko‘rsatadi.
1 noyabr holatiga ko‘ra O‘zbekistonda OIV bilan kasallangan 43 581 kishi ro‘yxatga olingan. Yil davomida bu ko‘rsatkich 1483 ga oshdi, bu o‘tgan yilga nisbatan sezilarli darajada kam.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting