Butunjahon Oltin Kengashi O‘zbekiston 2021 yilning noyabr oyida 21,5 tonna oltin sotib, dekabr oyida 8,4 tonna oltin sotib olganini ma’lum qildi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda O‘zbekiston oltin zaxirasi miqdori 11,6 troy unsiyani, uning qiymati esa 20,94 mlrd dollarni tashkil etadi.
2021 yilda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 2020 yilga nisbatan 16%ga o‘sib, $42,1 mlrdni tashkil etdi. Eksport hajmi 10%ga oshib, $16,6 mlrdga yetgan bo‘lsa, import 20,4%ga o‘sib, $25,46 mlrdni tashkil etdi. Sanoat tovarlari eksporti oltin eksportidan o‘zib ketdi.
O‘zbekiston Markaziy banki noyabr oyida dunyoning boshqa mamlakatlariga qaraganda ko‘proq — 21,5 tonna oltin sotdi.
«Pistali» konida umumiy qiymati 274 mln dollardan ziyod bo‘lgan, tarkibida oltin bo‘lgan ma’danlarni qazib olish va qayta ishlash kompleksini qurish loyihasi «Navoiy KMK» tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekistonda 2020 yilda 101,6 tonna oltin qazib olindi. Bu bilan O‘zbekiston oltin qazib olish bo‘yicha dunyoda 8-o‘rinni egalladi.
O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari bir oy ichida 1,5 mlrd dollarga oshib, 1 may holatiga ko‘ra 34,1 mlrd dollarni tashkil qildi.
Yilning birinchi kvartalida oltin narxi 10% ga, 2020 yil avgustidan buyon esa 19% ga arzonlab, pandemiyagacha bo‘lgan darajagacha tushdi. Bu 1982 yildan beri ushbu davr uchun rekord pasayish bo‘ldi.
«Muruntov» oltin konida 2020 yilda 56,7 tonnaga yaqin oltin qazib olingan. Konning resurs-zaxiralari 4 ming tonna deya baholanmoqda.
Jizzax viloyatida yashirin tarzda oltin qazib olmoqchi bo‘lgan 4 fuqaroni tosh ostida qoldi. 2 nafari chuqurdan chiqa olmay vafot etdi, qolgan ikki fuqaro og‘ir tan jarohatlari bilan jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Yanvar-oktyabr oylari davomida O‘zbekiston 5,8 mlrd dollarlik hajmda oltin eksport qilgan. Bu 10 oy davomida amalga oshirilgan tashqi savdo aylanmasining 43,5 foizini tashkil qiladi. So‘nggi ikki oy davomida O‘zbekiston oltin eksport qilmagan.
O‘zbekiston iyul-sentyabr oylarida 35 tonna oltin sotib, bu borada dunyoda yetakchiga aylandi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinni Turkiya egallab turibdi.
O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari ikkinchi oy ketma-ket kamayib, hozirda 33,4 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Agar avgust oyida zaxiradagi pasayish oltinni sotish bilan bog‘liq bo‘lsa, hozirda bu asosan valyutaga bog‘liq.
Yanvar-avgust oylari yakuni bo‘yicha mamlakatning tashqi savdo aylanmasi 2,45 mlrd dollardan ko‘proqni tashkil etdi. Eng ko‘p savdo aylanmasi ulushi Xitoy, Rossiya va Qozog‘istonga to‘g‘ri kelmoqda. Bu davr mobaynida eksportning 50 foizini oltin, importning 37,8 foizini mashinalar va transport asbob-uskunalari tashkil etdi.
Jismoniy shaxslar o‘lchovli yombilar va Markaziy bank tangalarini O‘zbekistondan olib chiqib ketish huquqiga ega bo‘ldi. Buning uchun tegishli sertifikatni olish lozim.
O‘zbekistonning rasmiy rezerv aktivlari 34,6 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Avgust oyida 1 mln unsiyaga teng bo‘lgan miqdorda oltin rezervlarining sotilishi evaziga valyutadagi rezervlar miqdori 1,8 mlrd dollarga ko‘payib, 15,4 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.
O‘zbekiston yanvar-avgust davri davomida 5,8 mlrd dollarga, avgust oyining o‘zida esa 2,5 mlrd dollardan ziyod summaga teng bo‘lgan miqdorda oltin eksport qildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 147,2% ni tashkil etib, 1,8 mlrd dollarga ko‘proq. Oltin eksporti jami eksport ulushining 50% ni tashkil etoqda.
Oltin unsiyasi narxi tarixiy rekord darajaga ko‘tarilib, 2000 dollardan oshdi. Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori Otabek Nazirov aynan hozir oltin-valyuta zaxirasini sotib, mablag‘larni mamlakat iqtisodiyotini qutqarishga va ishsizlar soni ortishining oldini olishga yo‘naltirish mumkinligini aytmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting