Ombudsman Navoiydagi 11-koloniyada Nukus voqealari bo‘yicha qamalgan Dauletmurat Tajimuratov bilan uchrashdi. Koloniya rahbariyati unga alohida imtiyoz yoki cheklovlar berilmagani va belgilangan tartibda jazo o‘tayotganini, Tajimuratov esa qiynoq yoki tazyiq o‘tkazish holatlari mavjud emasligini bildirdi.
BMT mustaqil ekspertlari huquq himoyachisi Dauletmurat Tajimuratov 2022-yil iyulida Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan voqealar yuzasidan Urganchdagi 11-tergov izolyatorida jismoniy va ruhiy bosimga uchraganini ma’lum qildi. O‘zbekiston Ombudsman idorasi Tajimuratov qiynoqlar haqida xabar bermaganini bildirdi.
O‘zbekiston qiynoqqa qarshi o‘zining mustahkam pozitsiyasiga ega, dedi ombudsman Toshkent shahri IIBBda gumonlanuvchining o‘lganiga munosabat bildirarkan. Uning so‘zlariga ko‘ra, jinoyat uchun jazo muqarrar, lekin bu jazo sud orqali tayinlanishi kerak.
Toshkent IIBBda qiynoqqa solingan tadbirkor Dilshod To‘raxo‘jayev prezidentga murojaat yo‘lladi. Shundan so‘ng ombudsman va uning huzuridagi jamoatchilik guruhlari a’zolari u bilan uchrashdi. Tadbirkor uni qiynoqqa solgan xodimlarga nisbatan chora ko‘rilmayotganidan shikoyat qildi.
Ombudsman Bo‘kada sodir bo‘lgan holatga munosabat bildirib, aybdorlar hibsga olinganini ijobiy baholashini qayd etdi. Munosabatda ta’kidlanishicha, qiynoqlarni oldini olish uchun shaffoflik ta’minlanishi kerak.
Ombudsman va jamoatchilik guruhlari vakillari 1-sonli tergov hibsxonasi (“Toshturma”)da bo‘lib, Nukus voqealari yuzasidan jinoyat ishi bo‘yicha sudlanganlar, jumladan, Dauletmurat Tajimuratov bilan uchrashdi. Sudda u ombudsmanni tanqid qilgandi.
Ombudsman va uning huzuridagi jamoatchilik guruhlari vakillari qiynoqqa solingan tadbirkorlar Dilshod To‘raxo‘jayev va Hasanboy Abdunabiyev saqlanayotgan “Toshturma”da bo‘ldi. O‘tkazilgan xoli suhbatlarda ular ruhiy va jismoniy qiynoqlarga solinganini tasdiqlab, bunga asosli dalillar borligini aytishgan.
Ombudsman idorasi tadbirkorlar Dilshod To‘raxo‘jayev va Xasanboy Abdunabiyevning qiynoqqa solingani haqidagi xabarlarni alohida nazoratga oldi. “O‘zbekiston inson qadr-qimmatini yerga uradigan, insoniylikka zid bo‘lgan qiynoqlarning har qanday ko‘rinishiga qarshi kurash yo‘lini tanlagan”, — deyiladi bayonotda.
2022 yilda chet elda ota-ona qaramog‘isiz qolib ketgan 43 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi. Xususan, ular Rossiya, Qozog‘iston va Turkiyadan olib kelingan.
Samarqandda IIO xodimlari mahbusni kaltaklagani aytilgan xabarlar rad etildi. Viloyat boshqarmasi mahbus qo‘lga olingan vaqtda jarohati bo‘lganini ma’lum qildi. IIV matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov Ombudsman axborot xizmatini huquqiy baho berilmagan murojaatni bir tomonlama yoritganini ta’kidladi.
Samarqandda IIO xodimlari mahbusga qiynoqlar qo‘llagani oqibatida uning uchta qovurg‘asi singani va tana qismida jarohat izlari borligi aytilmoqda. Ombudsman vakili mahbus bilan uchrashib, vaziyatni o‘rgandi. Holat yuzasidan Bosh prokuraturaga murojaat qilindi.
Andijonda 5 nafar yigit ishi apellyatsiya sudida ko‘rilayotgani va tergov jarayonlarida ular qiynoqqa solinayotgani aytilmoqda. Ayblanuvchilarning yaqinlari ularni 8−10 yillab ozodlikdan mahrum qilishmoqchiligi, tergov vaqtida esa kaltaklaganini qayd etishdi. Ombudsman vaziyatni o‘z nazoratiga oldi.
Qoraqalpog‘istondagi namoyishlar bo‘yicha asosiy ayblanuvchilardan biri Dauletmurat Tajimuratov Urganchdagi tergov hibsxonasida ombudsman va parlament komissiyasi a’zolari bilan uchrashuvda tergov harakatlari paytida qiynoqqa solinmagani va bosim o‘tkazilmaganini ma’lum qildi.
Ombudsman idorasi «Gazeta.uz»ning Qoraqalpog‘istondagi mahbuslarning advokatlari qiynoqlar to‘g‘risida ma’lum qilgani haqidagi xabariga raddiya berdi. Xabarda advokatlardan qiynoqqa solish holatlari kuzatildimi, degan savolga javob olingan, deya aniqlik kiritdi ombudsman matbuot xizmati.
Rossiyaning turli shaharlarida ota-ona qaramog‘isiz, qarovsiz va nazoratsiz qolib ketgan 19 bola O‘zbekistonga olib kelindi. Ularning har biri SSV xodimlari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.
Markaziy Osiyoning beshta davlati ombudsmanlari mintaqada inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan ikkita hujjatni imzoladi.
Biznes ombudsman o‘rganishlari natijasida Qurilish vazirligi tizimida 1326 ta holatda tadbirkorlarning huquqlari buzilgani ma’lum bo‘ldi. Kamchiliklar uchun vazirlik va uning hududiy bosh boshqarmalarining 143 nafar xodimiga nisbatan bayonnoma tuzildi.
Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi 10-sonli koloniyada tibbiyot xodimlari yetishmaydi. U yerda har kuni 70−80 nafar mahkumga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Ombudsman ofisi muassasadagi mahkumlarni saqlash va qarindoshlari bilan uchrashish uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi.
Ombudsman Farg‘onaning 10-son tergov hibsxonasida o‘g‘lini kaltaklashgani haqida arz qilgan onaning murojaatini o‘z nazoratiga oldi. Hibsxona xodimlari gumonlanuvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishni so‘raganda mahbusni «terpila» deb, kaltaklagan va «bu yerdan o‘liging chiqadi» deb javob bergan.
Urganchda tergov izolyatoridagi mahbuslar Ombudsman vakiliga ichishga yaroqsiz suv berilayotgani yuzasidan shikoyat qilishdi. Holat tasdiqlandi. Mahkumlarga kechasi elektr o‘chguniga qadar suv qaynatib olish tavsiya qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting