Bolalarda saratonning oldini olish imkoni bormi? Ota-onalar uni boshqa kasalliklardan qanday farqlashi mumkin? O‘zbekistonda saratonga chalingan bemor bolalar qanday davolanmoqda? «Gazeta.uz» shu kabi savollar bilan Bolalar milliy tibbiyot markazidagi onkogematolog Kamol Iskandarovga murojaat qildi.
Har yili 2500 ga yaqin o‘zbekistonliklarda onkogematologik kasalliklar aniqlanadi. Davolashdagi ba’zi yutuqlarga qaramay, suyak iligi transplantatsiyasi yo‘lga qo‘yilmagan va ayrim dorilar bilan terapiya mavjud emas. Bosh gematolog Eldor Ishoqov bemorlarga yordam berish, vaziyatni yaxshilash yo‘llari haqida so‘zladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga tashrif buyurib, davolanayotgan bolalar va ularning onalari bilan suhbatlashdi. Shifoxona uchun yangi bino barpo etish, unda Rossiyaning D.Rogachyov nomidagi tibbiy tadqiqot markazi tajribasi asosida bolalar onkogemotologiyasi markazi tashkil qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. «Ko‘ngillaringiz bo‘linmasin. Bir o‘zlaringiz emassizlar.Hammamiz hamdardmiz», — dedi u.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting