O‘zbekiston Osiyo taraqqiyot bankidan 40 yilga 100 mln dollar, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankidan esa 30 yilga 100 mln dollar qarz oladi. Mablag‘lar O‘zbekistonda COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni ko‘rish loyihasi doirasida sarflanadi. Jumladan, 35 mln dollarga 1000 ta tez tibbiy yordam mashinasini xarid qilish rejalashtirilgan.
Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda ishsizlikni qisqartirishga, ayniqsa, yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan loyiha uchun 93 mln dollar ajratadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting