Prezident Ostona shahrida V Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi. Musobaqada dunyoning 90 ga yaqin davlatidan 2 mingdan ortiq sportchi kurash, arqon tortish, kamondan o‘q otish, poyga kabi yo‘nalishlarda kuch sinashadi.
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ostona shahriga jo‘nab ketdi. Prezident u yerda V Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari musobaqalarining ochilish marosimida qatnashadi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Ostona shahrida Alisher Navoiy haykalini ochib berdi. Qosim-Jomart Toqayev buni “qozoq xalqining o‘zbek xalqiga bo‘lgan alohida hurmati ramzi” deb atadi. Foto.
Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mamlakat poytaxtining ichimlik suvi taqchilligi, issiqlik ta’minoti, kanalizatsiya va “bir xil ko‘rinishdagi quti binolar bilan to‘ldirilgan” me’moriy ko‘rinishi bilan bog‘liq muammolarini sanab o‘tdi. Bularning aksariyati Toshkentga ham taalluqli.
Qozog‘istonning FlyArystan loukoster aviakompaniyasi Ostona va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi. Muntazam qatnovlar haftasiga 2 marta amalga oshiriladi.
Qozog‘istonning Ostona shahrida sport kurashlari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan qit’a birinchiligida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 5 ta kumush va 5 ta bronza — jami 11 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Joriy yilning yanvar oyida mast erkak Ostonadagi O‘zbekiston elchixonasiga bostirib kirib, katta miqdorda zarar yetkazgan edi. Unga uch yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, yetkazilgan zarar miqdori undirildi, shuningdek, ichkilikbozlikdan majburiy davolanish belgilandi.
Ostonada o‘tayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammiti doirasida Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashdi.
Qozog‘iston poytaxti nomi yana Ostonaga o‘zgartirildi, mamlakat prezidenti esa qayta saylanish huquqisiz yetti yillik muddatga saylanadi. Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishlar Qasim-Jomart Tokayev tomonidan imzolandi.
Qozog‘iston parlamenti deputatlari poytaxt nomini Nursultondan Ostonaga o‘zgartirishni taklif qilishdi. Prezident Qasim-Jomart Toqayev shaharni avvalgi nomiga qaytarishni qo‘llab-quvvatladi. Endilikda konstitutsiyaviy qonun loyihasiga o‘zgartirish kiritiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting